Chiqindi qutilari salomatlikni nazorat qiladi

Chiqindi qutilari salomatlikni nazorat qiladi

Britaniyadagi chiqindi qutilariga maxsus datchik o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda. Bu qurilmaning asosiy vazifasi pensionerlar haqida axborot yig‘ishdan iborat. The Telegraph nashri ma’lumotiga ko‘ra, keksa odamlar bir haftadan oshiq vaqt mobaynida chiqindi olib kelmasa, qurilma tibbiyot xodimlariga bu haqida ma’lumot yuboradi.

Keksalarga g‘amxo‘rlik va xarajatlarni qisqartirish

Loyiha Nesta xayriya fondi va 2013 yili Britaniya hukumati tomonidan tashkil etilgan Kommunal xizmatlarni o‘zgartirish tarmog‘i tashabbusi bilan amalga oshirilayapti. Taxminlarga ko‘ra, qariyb 10 yildan so‘ng, barcha chiqindi qutilari nazorat qiluvchi datchiklar bilan ta’minlanadi.

Tahlilchilar ana shu kabi qutilarning foydasini hisoblab ham chiqdi. Qurilmalar yiliga davlatga 14,7 mln funt iqtisod qilish imkonini beradi. Ya’ni bu kommunal xizmat sohasidagi sarf-xarajatlarni qisqartiradi.

Datchiklar iqtisod qilishni boshladi

Axborot berilishicha, hozirda sensorli chiqindi qutilari Britaniyada mavjud. Biroq hozircha Britaniyaning shimoli-sharqiy Somerset va Bat(Somerset grafligi)dagi bunday qutilar idishning chiqindilar bilan to‘lgani haqida ma’lumot yetkazmoqda. Bu shahar ozodaligini ta’minlash hamda chiqindilarni qayta ishlash samaradorligiga katta yordam berayapti.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.