Dinamiksiz Bluetooth-karnay namoyish etildi

Dinamiksiz Bluetooth-karnay namoyish etildi

Indiegogo platformasida Cisor nomli dinamiksiz  Bluetooth-karnayni ishlab chiqarish uchun mablag‘ yig‘ish jarayoni yakunlanmoqda, deb yozmoqda Gagadget nashri.

Bluetooth-karnayga hech qanday dinamik o‘rnatilmagan bo‘lib, u tovushni istalgan yuza orqali o‘tkazish xususiyatiga ega. Buning uchun gadjetga vibratsiya yaratish orqali istalgan predmetni tovush rezonatoriga aylantiradigan Damson’s Incisor Diffusion Technology yechimi qo‘llangan. Bluetooth-karnay o‘rnatiladigan ob’yektning hajmi qancha katta bo‘lsa, chiqadigan tovush balandligi ham shuncha kuchli bo‘ladi.

Bluetooth-karnayni maxsus mobil ilova yordamida ham boshqarish mumkin. Hozirda ushbu karnay uchun 49 dollar narx belgilangan. Cisor fevral oyida sotuvga chiqadi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.