Eski flagman yaxshimi yoki yangi o‘rta toifadagi smartfon?

Eski flagman yaxshimi yoki yangi o‘rta toifadagi smartfon?

Smartfon sotib olishda ko‘pincha uning narxiga e’tibor qaratamiz. Flagman smartfonlar qolgan sinfdagi smartfonlarga qaraganda anchagina qimmatroq. Biroq ma’lum vaqt o‘tgach, barcha smartfonlar narxi tushadi. Shu jumladan, flagman smartfonlarning narxi ham. Ko‘pchilikda savol tug‘ulishi mumkin: eski flagman sotib olgan yaxshimi yoki yangi o‘rta toifadagi smartfonmi? Quyida 2019 yilda taqdim qilingan Galaxy S10 va 2021 yili taqdim etilgan Galaxy A72 smartfonlarini taqqoslab chiqamiz.

O‘QING: 400 dollargacha bo‘lgan smartfonlar: qaysi birini sotib olgan yaxshi?

Korpus

  • Galaxy S10

Old (Gorilla Glass 6) va orqa (Gorilla Glass 5) tomondan shisha bilan qoplangan; alyuminiy rom; IP68 standarti.

O‘lcham: 149.9 x 70.4 x 7.8 mm

Og‘irligi: 157 g

  • Galaxy A72

Old shisha; orqa panel va yon romlari plastik; IP67 standarti.

O‘lcham: 165 x 77.4 x 8.4 mm

Og‘irligi: 203 g

Galaxy S10 korpusi alyuminiydan ishlangan. Shuning uchun, plastikdan ishlangan Galaxy A72'ga qaraganda S10 premium smartfonligi bilinib turadi.

Displey

  • Galaxy S10

6.1 dyuymli Dynamic AMOLED displeyi; 1440 x 3040 rezolyusiya; 550ppi zichlik.

  • Galaxy A72

6.7 dyuymli Super AMOLED displeyi; 90Hz ekran yangilanish chastotasi; 1080 x 2400 rezolyusiya; 394ppi zichlik.

Garchi A72 90Hz ekran yangilanish chastotasida ishlasa-da, qolgan ko‘rsatkichlarda S10 ustun. Galaxy S10 smartfoni Dynamic AMOLED displeyi bilan jihozlanganligi, rezolutsiyasi va piksellar zichligi yuqoriligi uning ustun tomoni hisoblanadi

OT/Dasturiy ta’minot

  • Galaxy S10

Android 9.0 (Android 11 OneUI 3.0 yangilanadi).

  • Galaxy A72

Android 11, OneUI 3.1.

Samsung o‘z flagmanlariga 3 yillik tizim yangilanishi kafolatini beradi. Ya’ni 2019 yilda ishlab chiqarilgan Galaxy S10 taxminan Android 12'gacha bo‘lgan tizim yangilanishini qabul qiladi. 2021 yilda ishlab chiqarilgan Galaxy A72 esa 2 yillik tizim yangilanishini qabul qiladi. Demak, A72 Android 13'gacha bo‘lgan tizim yangilanishini qabul qiladi. Bu borada Galaxy A72 ustunroq.

Chipset

  • Galaxy S10

Exynos 9820 (8 nm); Sakkiz yadroli 2x2.73 GHz Mongoose M4 & 2x2.31 GHz Cortex-A75 & 4x1.95 GHz Cortex-A55); Mali-G76 MP12.

  • Galaxy A72

Qualcomm SM7125 Snapdragon 720G (8 nm); Sakkiz yadroli (2x2.3 GHz Kryo 465 Gold & 6x1.8 GHz Kryo 465 Silver); Adreno 618.

Galaxy S10 hozirda biroz eskirgan Exynos 9820 chipi bilan ishlaydi. Biroq bu chipning unumdorligi Galaxy A72 ichiga o‘rnatilgan Snapdragon 720G chipidan yuqoriroq. Shuningdek, S10'ning Snapdragon 855 chipi bilan ishlovchi versiyasi ham mavjud.

Xotira

  • Galaxy S10

8/128GB, 8/512GB; microSDXC sloti; UFS 2.1.

  • Galaxy A72

6/128GB, 8/128GB, 8/256GB; microSDXC sloti.

Kamera

  • Galaxy S10

Asosiy kamera: 12MP f/1.5

Telefoto: 12MP f/2.4; 2x zum

Ultrakeng: 16MP f/2.2; Super barqaror video.

  • Galaxy A72

Asosiy kamera: 64MP f/1.8

Telefoto: 8MP f/2.4; 3x zum

Ultrakeng: 12MP f/2.2

Makro: 5MP f/2.4.

Video yozuv

  • Galaxy S10

4K@60 kadr/sek., 4K@30 kadr/sek., 1080p@30/60/240 kadr/sek., 720p@960 kadr/sek., HDR10+, stereo ovoz yozish, gyro-EIS & OIS.

  • Galaxy A72

4K@30 kadr/sek., 1080p@30/60 kadr/sek.; gyro-EIS.

Selfi kamera

  • Galaxy S10

10MP f/1.9; video yozuv: 4K@30 kadr/sek., 1080p@30 kadr/sek..

  • Galaxy A72

32MP f/2.2; video yozuv: 4K@30 kadr/sek., 1080p@30 kadr/sek..

Galaxy S10'ning asosiy kamerasi 12MP bo‘lsa ham, A72'ning 64MP kamerasiga qaraganda yaxshiroq suratlar oladi. Shuningdek, S10 4K video formatida sekundiga 60 ta kadr oladi. Galaxy A72 smartfonida bitta qo‘shimcha makro kamera mavjud. Agar megapikseli yuqori kamera va makro kamera siz uchun muhim bo‘lsa, A72 tanlovi sizga mos keladi. Agar sifatliroq surat va videolar muhim bo‘lsa, bu borada S10 o‘z ishini yaxshiroq uddalaydi.

Akkumulyator

  • Galaxy S10

3,400 mAs; 15 vatt tezkor quvvatlanish imkoniyati; 15 vatt simsiz quvvatlanish imkoniyati; 4.5 vatt reversiv quvvatlash imkoniyati.

  • Galaxy A72

5,000 mAs; 25 vatt tezkor quvvatlanish imkoniyati.

Akkumulyator sig‘imi borasida Galaxy A72'ning yaqqol ustunligini ko‘rishimiz mumkin. Shuningdek, A72 Galaxy S10'ga qaraganda tezroq quvvat oladi. S10'da esa simsiz quvvat olish va o‘zidan boshqa qurilmalarga quvvat berish imkoniyati mavjud. Biroq akkumulyatorning muhim jihatlari bo‘yicha Galaxy A72 ustunroq.

Boshqa

  • Galaxy S10

Barmoq izi skaneri (ekran ostida, ultratovushli), NFC, stereo karnay, 3.5 audio jek.

  • Galaxy A72

Barmoq izi skaneri (ekran ostida, optik), NFC, stereo karnay, 3.5 audio jek.

Narx

  • Galaxy S10

8/128GB - 6,695,000 so‘m (Openshop.uz).

  • Galaxy A72

6/128GB - 5,000,000 so‘m (485 dollar) (Amazon.com).

Smartfonlarning eng muhim jihati bu ularning narxi hisoblanadi. Openshop.uz internet do‘konida Galaxy S10'ning 8/128GB versiyasi 6,695,000 so‘mdan sotilmoqda. Hali rasman O‘zbekiston bozorida sotilishi boshlanmagan Galaxy A72 6/128GB vesiyasining narxi Amazon.com internet do‘konida 485 dollar (taxminan 5,000,000 so‘m) narxida sotilmoqda. Ko‘rinib turibdiki, S10 narxi A72'ga nisbatan sezilarli darajada qimmatroq.

O‘QING: Suv va changdan himoyali Galaxy A72 ham taqdim etildi!