Facebook’da endi o‘z reklamangizni yaratishingiz mumkin

Facebook’da endi o‘z reklamangizni yaratishingiz mumkin

Mobil qurilmalar uchun joriy qilinayotgan yangi Canvas (polotno) interaktiv reklama formati matn, slayd-shou, foto va video yordamida mobil qurilmalar yordamida ijtimoiy tarmoqda muayyan mahsulotni reklama qilish maqsadida ishga tushirilmoqda. To‘liq ekranli reklamalar ixcham mini-sayt yoki kliplarni eslatadi.

Canvas xizmati orqali qilinadigan reklamalar iOS va Android qurilmalarida namoyon bo‘ladi Mazkur funksiyaning shaxsiy kompyuterlariga mo‘ljallangan talqini haqida biror ma’lumot yo‘q.

Facebook ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qilinishicha, u tarmoq foydalanuvchisining joniga tegadigan uslubda emas, foydalanuvchining tanloviga ko‘ra namoyish etiladi. Ya’ni, yangiliklar lentasida mazkur reklama formati odatiy reklamadan farq qilmaydi. Foydalanuvchi o‘zi ulardan birini tanlab, bossa u to‘liq ekranli interaktiv reklamaga aylanadi.

Va ekranning chap tomon burchagidagi «X» belgisini bosib, foydalanuvchi yana yangiliklar lentasiga qaytishi mumkin.

Canvas reklama bloklari veb-interfeys jarayonida tayyorlanadi. Ya’ni, uni tayyorlashda reklama beruvchidan dasturlash yoki dizaynerlik bo‘yicha alohida professional ko‘nikmalar talab qilinmaydi. Facebook’da xabar berilishicha, bu turdagi ijodiy reklama sinovdan o‘tkazish vaqtida foydalanuvchilar tomonidan iliq qarshi olingan.

Har bir reklama beruvchi o‘rtacha 30 – 70 sekund ichida o‘z mahsulotining reklamasini tarmoqqa yuklashga muvaffaq bo‘lgan.

Yangicha reklama shaklidan Facebook’ning Power Editor dasturidan foydalanuvchi reklama beruvchilar foydalanishlari mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!