Huawei P10 Plus modeliga tegishli rasmlar va texnik parametrlar oshkor bo‘ldi

Huawei P10 Plus modeliga tegishli rasmlar va texnik parametrlar oshkor bo‘ldi

Xitoy internet tarmog‘ida tez orada taqdim etilishi kutilayotgan Huawei P10 Plus modeliga tegishli rasmlar va texnik parametrlar paydo bo‘ldi, deb yozmoqda GSM Arena nashri.

Qurilma 5,5 dyuymli QHD formatidagi ekran, qayrilma qirrali korpus, ko‘z yoy skaneri va barmoq izi skanerini vazifasini bajaradigan daktiloskopik sensor bilan jihozlanadi.

Model sakkiz yadroli Kirin 960 (sozlangan Mali-G71 MP8 grafik chip bilan) protsessorida ishlaydi, LTE tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Taxminlarga qaraganda yangi qurilma 6 va 8 GBli operativ xotira versiyalarida sotuvga chiqariladi. Doimiy xotiraning sig‘imi 128 va 256 GBni tashkil etishi ma’lum qilingan. Akkumulyator sig‘imi 3650 mA/soat.

Huawei P10 Plus lazerli avtofokus bilan jihozlangan qo‘sh kameraga ega bo‘ladi. Qurilmaga Android 7.0 operatsion tizimi o‘rnatiladi.

Taqdimot sanasi va narxi hozircha oshkor qilinmagan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!