Internet tezligi bo‘yicha Yevropada Norvegiyaga yetadigani yo‘q

Internet tezligi bo‘yicha Yevropada Norvegiyaga yetadigani yo‘q

Yevropada internet tezligi bo‘yicha avvalgi yetakchi Shvetsiyaning o‘rniga Norvegiya ko‘tarilib oldi, deb Sof.uz xabar bermoqda.

O‘rganishlarga ko‘ra Norvegiyada internet tezligi 2015 yilga taqqoslaganda 55 foizga oshdi. Ammo hozirgi kunda jahonda Norvegiyadan ustun davlatlar bor. Janubiy Koreya 27 Mbit/soniya tezlik bilan Norvegiyadan (20,1 Mbit/soniya) oldindadir.

Jahonda internet tezligi bo‘yicha uchinchi o‘rinda Gongkong (19,5 Mbit/soniya) va to‘rtinchida Shvetsiyadir (18,8 Mbit/ soniya).

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!