Istalgan joyda, hatto metroda ham ishlaydigan «lazerli GPS» yaratildi!

  •   DiMaX
  •  680
  •  13.03.2019 10:59

Istalgan joyda, hatto metroda ham ishlaydigan «lazerli GPS» yaratildi!

Zamonaviy smartfonlar va boshqa gadjetlarda joylashuvni aniqlash uchun GPS, BeiDou hamda GLONASS qo‘llanadi. Ular sun’iy yo‘ldosh orqali ishlagani bois, ob-havo injiqliklariga va siyosiy muhitga bog‘liq bo‘lib qoladi.

O‘QING: Ijaraga beriluvchi transport vositalari videoregistrator va GPS-navigatorlar bilan ta’minlanishi lozim

Sasseks universitetidagi Emergent Photonics Lab (EPic Lab) laboratoriyasi olimlari esa joylashuvni kuzatishning yangicha texnologiyasini ixtiro qildilar. Ular lazer nurlari bazasidagi atom soatlarini GPS o‘rnida qo‘llash yo‘lini topishdi.

Ishlab chiquvchilarning fikricha, ular yaratgan texnologiya kishilarning kundalik hayotini o‘zgartiradi. «Lazerli GPS» avtomobillarda, pilotsiz uchar apparatlarda, shuningdek aerokosmik sanoatda qo‘llanishi mumkin. Yangi ishlab chiqilayotgan portativ atom soatlarida mittigina chipga biriktirilgan nur impulslari qo‘llanadi. Bu xuddi optik tolali internet kabellarining ishlash prinsipiga o‘xshash holatdir.

Chipdagi lazer impulslari

Portativ atom soatlari ko‘plab sohalarda qo‘llanishi mumkin. Masalan, «Tez yordam» mashinasi uning yordamida hatto tunellarda ham geolokatsiya tizimidan bemalol foydalana oladi. Oddiy yuzerlar esa «lazerli GPS» orqali metroda yoki uyali aloqa signali bo‘lmagan boshqa joylarda ham yo‘nalishlarni rejalashtirishlari mumkin bo‘ladi.

Ammo joylashuvni aniqlash bo‘yicha ushbu yangi texnologiyaning to‘liq tizim sifatida ishlab chiqilishini hali kutishga to‘g‘ri keladi.

O‘QING: Toshkent avtobuslarida GPS tizimi va «MyBus Tashkent» ilovasi yana ishga tushadimi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!