Japan Display virtual reallik uchun ilg‘or LCD ekranlarni ishlab chiqmoqda

Japan Display virtual reallik uchun ilg‘or LCD ekranlarni ishlab chiqmoqda

Japan Display kompaniyasi virtual reallik qurilmalari uchun 3,42 dyuymli ilg‘or displeylarni yaratish ustida ishlamoqda. Ekranlar LTPS TFT LCD texnologiyasi asosida tayyorlanib, har dyuym maydoniga 651 ta piksel joylangan!

Bunday yuqori piksellar zichligi virtual reallik kontentlarida keng tarqalgan muammolardan biri – pikselning xiralashishi/tasvirda to‘rlarning paydo bo‘lishini bartaraf etadi. Japan Display kelgusi yilda hatto piksel zichligi (bir dyuymda) 800 ta bo‘lgan mana shunday displeylarni yaratishni rejalashtirgan.

Yangi ekranlarning kadrni yangilash chastotasi ham kuchaytirilgan (90 Gs), bu esa o‘z navbatida tasvirning qotib qolishining oldini oladi. Javob vaqti ham 3 milisoniyagacha kamaytirilgan. Bunday displeylar bilan jihozlangan VR qurilmalarning narxiga hozircha aniqlik kiritilmagan.