Joriy yilda internet trafigi hajmi 1 zettabaytdan oshishi kutilayapti

Joriy yilda internet trafigi hajmi 1 zettabaytdan oshishi kutilayapti

Xorjiy ommaviy axborot vositalariga tarqatilgan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda global tarmoq yangi bosqichga ko‘tariladi. Ya’ni global internet trafigi 1 zetabayt(milliard terabaytdan yuqoriroq)dan oshadi. Cisco ekspertlarining ta’kidlashicha, 2019 yilga borib, bu ikki hissa ortishi kutilayapti.

Raqamli kelajak

Taxminlarga ko‘ra, yana 3 yildan so‘ng Yer yuzidagi har bir odam uchun yiliga 18 GB ma’lumoti to‘g‘ri keladi. E’tibor berilsa, mazkur ko‘rsatkich 2014 yilda ikki marta kamroq edi. Bunday tez rivojlanish sababini mutaxassislar mobil qurilmalar rivoji va ulardagi internet tezligining oshishi bilan izohlashmoqda.

Ta’kidlashlaricha, 2019 yilda 66% foiz traffik simsiz tarmoq orqali uzatiladi. Bundan tashqari, 2019 yilga borib, sayyoramizda global tarmoqqa ulangan qurilmalar soni yana ikki karra oshishi kutilmoqda. Umumiy trafikning qariyb yarmi shaxsiy kompyuterlar hissasiga to‘g‘ri keladi. 2014 yilda esa bu ko‘rsatkich 60% foizdan yuqori bo‘lishi mumkin.

Hozirda asosiy trafik musiqa va videoxizmatlar, shuningdek, onlayn-kinoteatrlarga sarflanayapti. 2014 yilda bu yo‘nalishlar ulushi 39% foiz edi, 2019 yilga borib, 62% foizga ortishi kutilayapti.

Jo‘g‘rofiya va rivojlanish

Internet dunyoning barcha hududlarida birdek taraqqiy etmoqda. Hozirda Afrika va Yaqin Sharqda internet-trafik hajmi tez sur’atda o‘sishi kuzatilmoqda. Yaqin kelajakda ham bu jarayon davom etadi. 2019 yilga borib, bu mintaqalarda trafik “iste’moli” 44% foizga kengayadi. Sharqiy va Markaziy Yevropada 33% foizga, Lotin Amerikasida esa 25% foizga oshadi. Autsayderlar – Osiyo, G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerika. Ularda internet trafigi “iste’moli” 20-21% foizni tashkil etishi kutilayapti. Lekin bu pasayishni anglatmaydi. Sababi, hozir ham mazkur mintaqalarda ko‘rsatkich yuqori darajada.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!