Lochinko‘z bo‘lamiz: ko‘z nurini qanday qilib o‘tkir qilsa bo‘ladi?

  •   Saroy
  •  4481
  •  29.10.2018 13:01

Lochinko‘z bo‘lamiz: ko‘z nurini qanday qilib o‘tkir qilsa bo‘ladi?

Ba’zan odam bir-biriga o‘xshashroq ranglarning umuman farqiga bormaydi. Hatto shundoq qarshisida tursa ham, ular odamga bir xil ko‘rinaveradi. Endi maxsus ishlab chiqilgan ko‘zoynak odamlarga hatto arang ilg‘asa bo‘ladigan belgilarni ham ajrata olish imkoniyatini beradi. Kelgusida esa bunday ko‘zoynaklar bizga qalbaki pul banknotlarini ham, yoki o‘simliklar orasida berkinib turgan  kamuflyajni ham  ilg‘ash imkoniyatini beradi.

Viskonsin-Medison universitetining bir guruh olimlari tomonidan yaratilgan ko‘zoynak insonning rangli nigohini kuchaytiradi va unga metao‘lchamlarni ham ko‘rish imkonini beradi, ya’ni bir xil bo‘lib ko‘ringan rang ammo yorug‘likda turli uzunlikdagi to‘lqinlarni ko‘rsatadi.

Inson ko‘zi uch toifadagi  to‘r pardaga ega. Ular qisqa (moviy), o‘rtacha (yashil) va uzun (qizil) to‘lqin uzunligidir. Shunday ekan, boshqa to‘r pardalarga ega bo‘lishi uchun ko‘zni aldash mumkinmi? Nazariy jihatdan ko‘z nurimiz trixromatikdan tetraxromatikka o‘tishi mumkin ekan, ya’ni biz to‘rtta rang kanalini ko‘radigan bo‘lamiz.

Ayrim hayvonlar to‘rtta rang kanalini ko‘radi. Masalan, oltin baliq moviy, qizil, yashil va ultrabinafsha ranglariga ta’sirlanadigan xo‘jayralarga ega.

Fizik olim Mixail Kats o‘z jamoasi bilan ko‘zda ikkita rangfiltrini ishlab chiqdi. Unda moviy rang spektridan  ayrim qismlari ajralib chiqadi. Har bir ko‘z moviy rang haqida ozroq boshqacharoq spektrli ma’lumot olsa, olimlarning fikricha, rangdagi ozgina bo‘lsa ham farqni ifoda eta olishi kerak. Ta’kidlash joizki, amalda ham shunday bo‘lib chiqdi.

O‘QING: Philips ko‘z uchun bezarar smartfonni taqdim etdi

Olimlar odamlarga rangli kvadratlarni ko‘rsatib, ularni kompyuter va smartfon ekranlarida metao‘lcham sifatida qabul qilib, hodisani tekshirib ko‘rdilar. Oddiy ko‘z bilan qaraganda, kvadratlar mutlaqo bir xil bo‘lib tuyuldi, ammo ko‘zoynak bilan qaraganda ularni osonlikcha ajrata oldilar.

Olimlar ikkita filtrdan foydalanishdi. Bitta filtr metao‘lchamlararo farqni aniqladi, ammo u tufayli boshqa ranglar biroz noodatiy ko‘rindi. Ikkala filtrda esa qabul qilishdagi chalkashliklarga barham berilib, bir-biriga tenglashtirildi.

Hozircha filtrlar yordamidan ko‘rinib turgan spektrning faqat moviy qismidagi metao‘lchamlarni farqlash mumkin, xalos. Katsning fikricha, kelgusida yashil belgilarni ham ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi, undan keyin esa odamlar qalbaki banknotlarni payqay oladigan, buzila boshlagan sabzavotlarning ustki qismidagi o‘zgarishlarni hamda kamuflyaj niqobdagi ob’yektivlarni ham ko‘ra oladigan maxsus asboblarni ishlab chiqarishga kirishish mumkin.

O‘QING: EyeLeo — ko‘z uchun tanaffuslarni yodga solib turuvchi dastur

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.