Meizu Google Play proshivkasidan voz kechmoqda

Meizu Google Play proshivkasidan voz kechmoqda

Meizu kompaniyasi Yevropa smartfon bozori uchun ishlab chiqarilayotgan gadjetlari proshivkasida Google xizmatlarini o‘rnatmaslikka qaror qildi. Meizu’ning bu mintaqadagi foydalanuvchilari tizimni yaqin oradagi yangilashdan so‘ng smartfonlarida qidiruv gigantining an’anaviy ilovalarini ko‘rmaydilar. Shu bilan birga, xohlovchilar ularni bosh ekrandagi Hot Apps («Eng yaxshi ilovalar»)ga kirib, Google Services Installer yordamida smartfonlariga osonlik bilan yuklab olishlari mumkin.

Smartfonga mazkur ilovalarning zavodda o‘rnatilishi qurilma foydalanuvchi qo‘liga yetib borguniga qadar ularning eskirib qolishiga sabab bo‘lmoqda va bu tizim faoliyatida nosozliklar keltirib chiqarmoqda.

Boshqa biror smartfon ishlab chiqaruvchilari hali bu kabi muammoga duch kelishmagan. Meizu foydalanuvchilariga Google Play’ning muqobili bo‘lgan boshqa ilovalar do‘konlari, forumlarga kirib ilovalar qidirishni taklif qilmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!