Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (39-hafta)
39-haftaga kelib iPhone 13 seriyasiga bo‘lgan qiziqish biroz pasaydi, biroq iPhone 13 Pro Max hali ham reytingda yetakchi bo‘lib turibdi.
Xiaomi Civi yetti pog‘ona yuqorilab, ikkinchi o‘ringa chiqib oldi. Undan keyingi o‘rinni Redmi Note 10 Lite smartfoni egalladi.
Samsung'ning Galaxy M52 hamda A52s smartfonlari to‘rtinchi hamda beshinchi pog‘onalardan joy egallagan bo‘lsa, Redmi Note 10 Pro oltinchi o‘ringa joylashdi.
O‘tgan hafta kuchli uchlikka kirgan iPhone 13 hamda 13 Pro smartfonlari yettinchi hamda sakkizinchi o‘rinlarga tushib ketdi. O‘z navbatida, Xiaomi 11T Pro ham jadvalda pastlab, to‘qqizinchi natijani qayd etdi. Reytingni esa Galaxy S21 Ultra yakunlab bergan.
Top o‘ntalikni Poco X3 Pro smartfoni tark etdi.
Apple iPhone 13 Pro Max Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Xiaomi Civi Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 9
Xiaomi Redmi Note 10 LiteHozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan
Samsung Galaxy M52 5G Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 5
Samsung Galaxy A52s 5G Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 7
Xiaomi Redmi Note 10 ProHozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 6
Apple iPhone 13Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Apple iPhone 13 ProHozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Xiaomi 11T Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
Samsung Galaxy S21 Ultra Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 8