Oppo Find X5 Pro smartfoniga oid yangi ma’lumotlar sizdirildi

Oppo Find X5 Pro smartfoniga oid yangi ma’lumotlar sizdirildi

Garchi MediaTek Dimensity 9000 chipi o‘tgan yilning noyabr oyida taqdim etilganiga qaramay, hozirgacha u hech qaysi bir smartfonga o‘rnatilmadi. 

24-fevral kuni taqdim etiladigan Oppo Find X5 Pro esa ushbu chipga ega bo‘ladi. Shuningdek, ushbu smartfonning Snapdragon 8 Gen1 chipi bilan jihozlangan versiyasi bo‘ladi va ushbu versiya xalqaro bozor uchun ishlab chiqiladi. 

Smartfon dastavval Xitoyda sotuvga chiqadi, keyinchalik boshqa hududlarda ham sotila boshlaydi. Undagi Dimensity 9000 chipi bitta 3.05 gigagertsli Cortex-X2, uchta 2.85 gigagertsli Cortex-A710 hamda to‘rtta 1.8 gigagertsli A510 yadrolariga ega. Grafika uchun esa Mali-G710 GPU javob beradi. 

Qurilmaning tizerlariga asoslanadigan bo‘lsak, yangi modelga ham MariSilicon X NPU chipi o‘rnatiladi. Shuningdek, tizerda smartfon bilan birga yangi Enco X2 simsiz quloqchinlari hamda Oppo Watch 2 soati ham taqdim etilishi aytilgan.

O‘QING: Global Redmi Note 11 Pro va Note 11 Pro 5G smartfonlari sotuvga chiqdi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.