Panasonic taqiladigan elektronika uchun elastik batareyalarni ixtiro qildi

Panasonic taqiladigan elektronika uchun elastik batareyalarni ixtiro qildi

Yaponiyaning Panasonic kompaniyasi o‘zining yangi ishlanmasi – elastik litiy-ionli batareyalarni taqdim etdi. Batareyaning qalinligi bor-yo‘g‘i 0,55 mm bo‘lib, u turli taqiladigan elektronika, smart-kiyimlar, smart-karta va kalitlarga mo‘ljallangan.

483650

Batareyani 25 mm radiusda bukish va 25 gradusga aylantirish orqali qayta quvvatlash mumkin. Uning ichki komponentlari hatto 1000 martalik bukishdan keyin ham qurilma shaklini 99% saqlash imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, batareya qizib ketishdan himoyalangan, shu bois uni odam tanasi yaqin joylashadigan gadjetlarga qo‘llash mumkin.

Elastik batareya shu yilning oktyabr oyidan boshlab sotuvga chiqariladi. Panasonic mazkur batareya qalinligini yanada kamaytirish ustida ishlashini ma’lum qilgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!