Pipo KB2: bukiladigan klaviatura-kompyuter

Pipo KB2: bukiladigan klaviatura-kompyuter

May oyida Xitoyning Pipo kompaniyasi Windows 10 operatsion tizimi ostida boshqariladigan ixcham KV2 kompyuterining savdosini boshlashni rejalashtirmoqda.

Kompyuter tashqi tomondan yig‘iladigan Bluetooth-klaviaturani eslatadi. Biroq gadjet odatiy klaviaturalardan bir oz qalinroq bo‘lib, uning ichiga Intel Cherry Trail uskunaviy platformasining hisob uzellari joylashtirilgan.

Ishlab chiquvchilar Atom x5-Z8300 protsessoridan foydalanishdi. Bunda 14 nanometrli yasamaga 1,44–1,84 GGs chastotali to‘rtta yadro va Intel HD Graphics kontrolleri joylashtirilgan. Qurilmaning energiya iste’moli darajasi 2 Vt ni tashkil etadi.

Kompyuter-klaviatura 2 yoki 4 Gbayt texkor hamda 32 yoki 64 Gbayt sig‘imga ega flesh-modul bilan ta’minlanishi mumkin. Wi-Fi 802.11ac va Bluetooth simsiz aloqa adapterlarining o‘rnatilishi ham ko‘zda tutilgan.

USB 3.0, USB 2.0, Micro-USB va HDMI portlari orqali kirish/chiqish interfeyslari amalga oshiriladi. Qurilma bevosita elektr ta’minoti yoki 2500 mAsoat sihimli akkumulyator orqali quvvat olib ishlaydi. Uning narxlari haqida, afsuski, hozircha ma’lumotlar oshkor qilinmadi.