Sharp kompaniyasi Tayvanning Foxconn korporatsiyasi qo‘liga o‘tmoqda

Sharp kompaniyasi Tayvanning Foxconn korporatsiyasi qo‘liga o‘tmoqda

Bir oycha muqaddam Tayvanning Foxconn (Hon Hai Precision Industry Co., Ltd.) kompaniyasi Yaponiyaning Sharp Corporation elektronika ishlab chiqaruvchisini sotib olishni rejalashtirayotgani haqida gap-so‘zlar tarqalgan edi. Yaponiyaning Nikkei nashri xabariga ko‘ra, tomonlar kelishuvga erishishdi. Unga ko‘ra, Foxconn Sharp kompaniyaning 65,9 foizlik aksiyalari egasiga aylandi. Shartnomaning umumiy miqdori esa 700 milliard iyen yoki 6,2 milliard dollarni tashkil etadi.

Fevral oyi boshlarida esa Foxconn 659 mlrd iyen ($5.5 mlrd atrofida) taklif etgan, biroq asosiy raqib — Innovation Network Corporation of Japan davlat konserni ustidan g‘alaba qozonish maqsadida narxlarni ko‘tarishga majbur bo‘ldi. Yaponiyaning Innovation Network Corporation of Japan konserni esa bundan avval Hitachi, Sony va Toshiba bilan birgalikda Japan Display nomi ostida suyuq kristalli displeylar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan va endilikda Sharp`ga ham ega chiqmoqchi edi.

Biroq hozircha barchasi silliq va shaffof kechayotgani yo‘q. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Foxconn tafsilotlar va shartnoma majburiyatlarini o‘rganish maqsadida hujjatlarni imzolashni ortga surgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.