Sigma Mobile bolalar va qariyalarga mo‘ljallangan telefonni sotuvga chiqardi

Sigma Mobile bolalar va qariyalarga mo‘ljallangan telefonni sotuvga chiqardi

Sigma mobile kompaniyasi bolalar va qariyalarga mo‘ljallangan Somfort 50 Shell Duo modelini sotuvga chiqardi. Telefon raskladushka form-faktorida ishlab chiqilgan.

Smartphone.ua saytining xabar berishicha, Somfort 50 Shell Duo ikkita SIM-karta ishini qo‘llab-quvvatlaydi, raqamlarni terish uchun yirik tugmalar bilan jihozlangan. Klaviaturadagi biror raqam bosilganda, telefon ushbu raqamni ovoz bilan e’lon qiladi, bu esa ko‘rish qobiliyati yaxshi bo‘lmagan foydalanuvchilarga qo‘shimcha qulaylik taqdim etadi.

foto_001 foto_002

Kirish qo‘ng‘iroqlarining ringtoni baland tovushga ega, ekrandagi shriftlarning o‘lchami yirik. Shuningdek, kutilmagan holatlar uchun SOS tugmasi ham ko‘zda tutilgan. Zaryadlashni qulaylashtirish uchun telefon to‘plamiga maxsus kredl ham kiritilgan. Telefonda budilnik, kalkulyator, kalendar, fonar, fotoapparat, diktofon va FM-radio mavjud.

1478509973089

Batareyasining sig‘imi – 850 mA/soat. Model Ukrainada 999 grn (39 dollar) narxida sotuvga chiqarilgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!