UMI Rome X – yangilangan, arzon, hamyonbop smartfon

UMI Rome X – yangilangan, arzon, hamyonbop smartfon

UMI kompaniyasi yaqinda o‘zining yangilangan byudjet narxidagi Rome (avvalroq saytimizda xabar bergan edik) smartfonini tayyorlagandi. Dizayn jihatdan Galaxy S6 smartfoniga juda o‘xshash bu smartfonning texnik tavsifi ham yomon emas. Bahosi atigi $89.

Rome X esa yanada arzon. Uning o‘ziga xosligi kamerasida. Ya’ni smartfonga 8-Mp Sony IMX179 kamerasi o‘rnatildi. Huddi o‘tgan yilgi top devayslar– LG Nexus 5, OPPO R1, Huawei Honor 6 Plus`dagi kabi. UMI kompaniyasi mazkur smartfon bilan o‘z toifasidagi eng zo‘r fotografiyalarni va’da qilmoqda.

Rome X smartfonining qolgan tavsifi shunday: 5,5” HD formatdagi IPS-displey, MediaTek MT6580 to‘rt yadroli chipset, 1 GB tezkor xotira qurilmasi, 8 GB ichki xotira, 2500 mAs quvvatli akkumulyator va Android 5.1 Lollipop.

Devaysning narxi qariyb $75. Maxsus buyurtmalar 11 yanvardan boshlab kompaniyaning rasmiy saytida qabul qilinadi va 25 yanvardan xaridorlarga yetkazib beriladi. Buyurtmalarga maxsus bonuslar ham mavjud. Ya’ni har bir smartfondan $25 “o‘tib” beriladi.