Verbatim ilg‘or mini-ma’lumot tashuvchilarni namoyish qildi

Verbatim ilg‘or mini-ma’lumot tashuvchilarni namoyish qildi

Disklari bilan jahonga mashhur Verbatim kompaniyasi endi dumaloq disklar o‘rniga ma’lumotlarni saqlash va uzatishga mo‘ljallangan portativ xotira fleshkalari ishlab chiqarishga kirishgan. Ular yordamida kompyuter, noutbuk, shuningdek iOS va Android tizimi boshqaruvidagi mobil telefonlari orqali yuqori sur’atda ma’lumot almashish mumkin.
Yangi texnologiya sifatida kompaniya ilk marotaba simsiz ma’lumot almashish imkonini beradigan Wi-Fi MediaShare Wireless Mini, iStore ‘n’ Go Lightning iOS-qurilmasi uchun ma’lumot tashuvchi, noutbuk, smartfon va planshetlarning USB Type-C turidagi porti orqali ulash mumkin bo‘lgan Store ‘N’ Go Dual USB Drive ma’lumot tashuvchi qurilmasini namoyish qildi.

Verbatim

iOS va Android smartfon va planshetlarning doimiy ichki xotirasi foydalanuvchilarga ba’zida noqulaylik tug‘diradi. Xususan, ichki xotiraning yetishmasligi, xotiradan ma’lumotlarni o‘chirishga majbur bo‘lish, safar yoki internet mavjud bo‘lmagan vaqtda kutilmagan muammolar kelib chiqadi. Verbatim ma’lumot tashuvchi qurilmalari esa har qanday sharoitda ma’lumotni saqlash, almashish imkonini beradi.

Verbatim

MediaShare Wireless Mini

MediaShare Wireless Mini 2014 yilda taqdim etilgan simsiz xotira fleshkasining yanada ixcham talqini bo‘lib, unga microSD shaklidagi xotira kartasi o‘rnatiladi. Shundan so‘ng foydalanuvchi Wi-Fi simsiz tarmog‘i orqali planshet va smartfonidan turib undagi ma’lumotlarni boshqaradi. Zarurat tug‘ilganida undan oddiy USB-ma’lumot tashuvchi qurilma sifatida ham foydalanish mumkin.
Qurilma boshqa gadjetga ulanganda undan quvvat oladi va to‘la quvvat bilan 3 soatgacha uzluksiz ishlashi mumkin.

Verbatim

iStore ‘n’ Go Lightning
Nomidan ko‘rinib turibdiki, iStore ‘n’ Go Lightning flesh-tashuvchi qurilmalardagi Lightning portida foydalanishga mo‘ljallangan. Uni iPhone, iPod touch yoki iPad gadjetlari bilan ishlatish mumkin. Metall korpusli qurilma 16, 32 va 64 GB hajmdagi talqinlardaishlab chiqarilmoqda.
iStore ‘n’ Go Lightning’dan faqatgina iOS-qurilmaning tashqi ma’lumot tashuvchisi emas, kompyuterning USB-porti orqali ulanadigan ma’lumot almashish vositasi sifatida ham foydalanish mumkin.

Verbatim

Store ‘N’ Go Dual USB Drive
Yuqoridagi mode faqatgina iOS-qurilmalarga mo‘ljallangan bo‘lsa, Store ‘N’ Go Dual USB Drive ma’lumot tashuvchisi USB Type-C turidagi universal portga ega barcha noutbuk, planshet, smartfon va qurilmalarda ishlatishga mo‘ljallangan. Ma’lumot tashuvchining boshqa tomonida esa uni USB Type-C mavjud bo‘lmagan kompyuter bilan ulaydigan USB Type-A turidagi konnektor o‘rnatilgan.
Store ‘N’ Go Dual USB Drive’dan mobil qurilmalarni tashqi xotirasi, PK bilan ma’lumot almashish qurilmasi, film, fotografiya yoki musiqa saqlashda foydalanish mumkin. Ushbu ma’lumot tashuvchining 16, 32 va 64 GB talqinlari mavjud.

Yevropada Verbatim kompaniyasining mazkur qurilmalari avgust oyidan sotuvga chiqariladi. MediaShare Wireless Mini $27, iStore ‘n’ Go Lightning talqinidan kelib chiqib $43, $49,99 va $60, Store ‘n’ Go Dual USB Flash Drive esa $22, $33, $55 dollardan sotuvga chiqariladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.