vivo V23 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

vivo V23 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

O‘tgan haftada vivo V23 Pro qurilmasi bilan tanishgan edik. Endi uning “ukasi“ V23 5G bilan tanishamiz. O‘z “akasi“ kabi V23 modeli ham o‘zgacha dizayndagi o‘rta toifaga mansub smartfon hisoblanadi. 

O‘QING: vivo V23 Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz 

Qurilma texnik jihatlar bo‘yicha Pro modeldan biroz ortda. Smartfonning hajmi Pro modeldan kichikroq, biroq uning korpusi qalinroq hamda og‘irroq. 

Shuningdek, uning displey hajmi Pro modelnikidan biroz kichikroq, biroq texnik jihatlari bo‘yicha bir xil. Qurilma 90Hz chastotada ishlovchi HDR10+ AMOLED displeyi bilan jihozlangan. Smartfonning ravon ishlashiga Dimensity 920 chipi javob beradi. 

vivo V23 5G'ning texnik jihatlari: 

> Korpus: 157.2x72.4x7.4mm, 179g; old shisha, orqa panel shisha, alyuminiy korpus. 

> Displey: 6.44 dyuymli AMOLED, 90Hz ekran yangilanish chastotasi, HDR10+, 1080x2400 piksel rezolyutsiya, 20:9 forma faktori, 409ppi zichlik. 

> Chipset: MediaTek Dimensity 920 5G (6 nm): Sakkiz yadroli (2x2.5 GHz Cortex-A78 & 6x2.0 GHz Cortex-A55); Mali-G68 MC4.

> Xotira: 8/128GB, 12/256GB. 

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 12, FuntouchOS 12. 

> Kamera: Asosiy kamera: 64MP, f/1.9, 26mm, PDAF; Ultrakeng kamera: 8MP, f/2.2, 120 daraja ko‘rish burchagi, 16mm, 1/4.0“, 1.12µm; Makro kamera: 2 MP, f/2.4. 

> Selfi kamera: Asosiy kamera: 50MP, f/2.0, AF; Ultrakeng kamera: 8MP, f/2.3, 105 ko‘rish burchagi. 

> Video yozuv: Asosiy kamera: 4K@30 kadr/sek, 1080p@30 kadr/sek, gyro-EIS; Selfi kamera: 4K@30 kadr/sek, 1080p@30 kadr/sek. 

> Akkumulyator: 4,200 mAs, Fast Charging 44W, 1-68% gacha 30 daqiqada (reklamaga ko‘ra). 

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (ekran ostida, optik); rangini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan orqa panel 

Pro modeldan farqli o‘laroq, oddiy modelga 108MP asosiy kamera o‘rniga 64MP kamera o‘rnatilgan. Shuningdek, uning akkumulyator sig‘imi Pro medelnikidan kichikroq. 

Ikkila qurilma tashqi ko‘rinishidan bir-biriga o‘xshasa-da, ularning dizaynida farqlar mavjud. 

Foto: GSMArena

Qurilmalarning orqa panel dizayni hamda kamera moduli o‘xshash. Biroq Pro model qayrima, oddiy model esa yassi displeyga ega. V23 ko‘p jihatdan iPhone'larga, V23 Pro esa Galaxy smartfonlariga o‘xshaydi. 

Ikkala smartfonning Sunshine Gold rangdagi turi bo‘lib, quyosh yoki yorug‘lik nurida o‘z rangini o‘zgartirish mumkin. 

Qurilmalar selfi hamda vlog olish uchun juda qulay. Ularda 4K formatdagi videolarni qo‘llab-quvvatlaydigan 50MP asosiy selfi kamera hamda unga qo‘shimcha 8MP ultrakeng kamera va ikkitalik maxsus LED chirog‘ o‘rin olgan. 

Qadoq tarkibi 

vivo V23'ning qutisida barcha kerakli aksessuarlar bor. Qadoq tarkibidan smartfon bilan birga 44 vattlik quvvatlash adapteri, USB-C kabeli, qurilma himoyasi uchun shaffof g‘ilaof, USB-C quloqchinlari hamda audio jek uchun maxsus ulagich o‘rin olgan.  

Foto: GSMArena

O‘QING: Samsung Galaxy S21 FE'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.