#XotiraUz internetdagi eng ko‘p yozilgan mavzuga aylandi

#XotiraUz internetdagi eng ko‘p yozilgan mavzuga aylandi

8 may kuni o‘zbekistonliklar kunduzgi 16:00 dan boshlab Twitter ijtimoiy tarmog‘ida yurtimizdagi “Xotira va qadrlash kuni” sharafiga #XotiraUz heshtegini xalqaro miqyosida eng ko‘p so‘zlashilayotgan mavzular qatoriga, ya’ni xalqaro trendga olib chiqishga urina boshlashdi.

Avvaliga #XotiraUz 200 marta qayd etilgan bo‘lsa, 2 soat o‘tib, 400 ga yetdi. Tunggi 22:00 da heshteglar soni ko‘payib, 1300 ga yetdi. Nihoyat, soat 24:00 da heshteglar soni 9500 ga yetgan va #XotiraUz mavzusini jahon trendiga chiqarishga erishilgan.

Mazkur natijaga erishishda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati faollari, vatanparvar yoshlar, davlat va nodavlat tashkilotlar, xususiy sektor vakillarining hissalari yuqori bo‘ldi. Bu to‘g‘ridagi ma’lumotlar bilan www.hashtags.org heshteglar saytida tanishish mumkin.