Yurtimizda sotilayotgan Mi 8 xarid qilish uchun besh sabab

Yurtimizda sotilayotgan Mi 8 xarid qilish uchun besh sabab

Davrimizning muvaffaqiyatli smartfon ishlab chiqaruvchilaridan bo‘lgan Xiaomi ayni paytda yurtimizda ham yetarlicha ommalashib ulgurdi. Shu kunlarda kompaniyaning eng so‘nggi Mi 8 flagmani ham O‘zbekistonga yetib keldi. Quyida smartfonni xarid qilish uchun sabablarni sizga eslatishga qaror qildik.

Xiaomi Mi 8 modeliga xos 5 ta o‘ziga xosliklar:

1. Bo‘ydor AMOLED displey - Xiaomi Mi 8 displeyi nihoyatda jozibador va yorqin. 6.21 dyuymli ekran AMOLED texnologiyasiga ko‘ra ishlab chiqarilgan. Uning piksellar sig‘imi - 2248 x 1080, ya’ni FHD+ aniqligida. Old panelning 88.5% foiz qismi ekrandan iborat. Ekranning tomonlar nisbati 18:7:9 o‘lchamli. AMOLED displeyni ranglarni jilodor va yorqin aks ettirishi bilan jahonda tngsiz. Yirik ekran foydalanuvchiga tasvirni maroq bilan tomosha qilish hamda smartfonda miriqib o‘yin o‘ynashga yordam beradi.

2. "AI", "sun’iy aql" texnologiyasi - Xiaomi Mi 8 flagmani ayni paytda eng kuchli Android platforma bo‘lmish Snapdragon 845 chipseti bilan "qurollantirilgan". Sakkiz yadroli ushbu protsessor tezkorligi hamda quvvat tejamkorligi bilan o‘ziga xos. Qolaversa, bu chipsetga "sun’iy aql"ni ham tatbiq qilish mumkin. Smartfon tizimidagi bu jihat unga zamonaviy funksiyalarni joriy qilish uchun ayni muddao. Ayniqsa, "sun’iy ong" old va orqa kameralarga "AI Portrait" (portret) hamda "AI Beauty" (go‘zallashtirish) suratlar olish imkonini beradi.

3. Tezkor namoyish va kuchli platforma - Snapdragon 845 chipi smartfonga imkoniyatlar eshigini ochib bergan. AnTuTu tomonidan iyulda taqdim etilgan reytingda Xiaomi Mi 8 273221 ball bilan jahonning eng kuchli to‘rtinchi Android flagmani bo‘lib turibdi. Shu bilan birga, Mi 8 o‘zidagi Adreno 630 video kartasi, 8 gigabaytgacha bo‘lgan operativ xotirasi, 128 gigabaytgacha doimiy xotira bilan ham o‘ziga xosdir. Bu platforma har qanday o‘yinni o‘ynash hamda smartfonda bir vaqtda ko‘p vazifalarni amalga oshirish uchun yetaoli.

4. Kamera - Xiaomi Mi 8 bosh kamerasining asosiy sensori 20 megapikselli va yorug‘lik taqsimlovchi diafragma f / 1.7 standartli; bosh kameraning qo‘shimcha sensori ham 12 megapikselli, biroq f / 2.4 diafragmali. Old kameradagi sensor 16 megapikselli, uning yorug‘lik taqsimlovchi diafragmasi f / 2.0. Barcha kameralar "aqlli", ya’ni sun’iy texnologiya yordamida yorqin suratlar olish uchun mustaqil ishlay oladi.
DxOMark'ning hisobotiga ko‘ra, Xiaomi Mi 8 surat olishda 99 ballni qo‘lga kiritgan.


5. Qimmat texnologiyalari arzon bahoda - Mi 8 bugungi kundagi aksariyat smartfonlarda mavjud bo‘lmagan ilg‘or texnologiyalarga ega bo‘lgan.
Ulardan birinchisi qiyofani 3D o‘lchamda tekshiruvdan o‘tkazish tizimining joriy qilingani flagmandagi ulkan yutuq. Boisi Xiaomi Mi 8 Android smartfonlar orasida birinchi bo‘lib shunday jihatga ega bo‘ldi. Qorong‘uda ham infra qizil modul foydalanuvchining qiyofasini bemalol tekshiruvdan o‘tkaza oladi.

Ikkinchi texnologiya esa, qo‘sh chastotali GPS tizimi. Bu esa navigatsiya faoliyatini yanada aniq va yorqin ifodalash uchun xizmat qiladi.

Xiaomi Mi 8 yurtimizda ham sotilmoqda!

Ayni paytda yurtimizga ham bu ilg‘or devays olib kelinmoqda. Uning Xitoy talqinini (proshivkasi bilan farq qiladi) 4,1 million so‘mdan, xalqaro talqinni esa 4,5 million so‘mdan xarid qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Xiaomi Mi 8 flagmanining 6 GB + 64 GB xotirali talqini Xitoyda 421 AQSh dollaridan, 6 GB + 256 GB xotiraga ega talqini 515 AQSh dollaridan sotilmoqda. Narx hozircha yurtimizda qimmat. Biroq, ko‘p o‘tmasdan, ushbu smartfon modeli ko‘proq kirsa, flagman ancha-muncha arzonlashadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!