Snapdragon 625’li Galaxy J8 Plus tayyor – u Redmi Note 4X raqibi bo‘lishi mumkin!

  •   DiMaX
  •  2494
  •  13.03.2018 13:00

Snapdragon 625’li Galaxy J8 Plus tayyor – u Redmi Note 4X raqibi bo‘lishi mumkin!

Yaqindagina Samsung kompaniyasi tayyorlayotgan 2018 yilgi Galaxy J8 smartfoni Geekbench servisida imtihondan o‘tkazilgan edi. Endi esa ayni shu modelning «kattaroq» versiyasi – Galaxy J8 Plus  (yoki Galaxy J8 Pro) talqini ham shu benchmarkda sinab ko‘rilgani ma’lum bo‘ldi.

O‘QING: Galaxy J8 (2018): hamyonbop smartfonlar bozorida kuchli raqib

Geekbench servisida ushbu smartfon SM-J805G model raqami bilan qayd etilgan. Test natijalariga ko‘ra, u Android operatsion tizimining 8.0 Oreo talqini boshqaruvi ostida ishlaydi.

Galaxy J8+ devaysi bitta yadroli testda 749 ball, ko‘p yadroli sinovda esa 3708 ball to‘plagan. Bu hozirda jahon bo‘ylab keng ommalashayotgan Xiaomi’ning hamyonbop Redmi Note 4X modeliga teng ko‘rsatkichdir, unga ham xuddi shunday protsessor o‘rnatilgan. Demak, janubiy koreyalik kompaniya bu modeli orqali hamyonbop smartfonlar bozorida xitoylik ishlab chiqaruvchi bilan bellashadi.

Ko‘rib turganingizdek, Galaxy J8 Plus’ning samaradorligi uchun msm8953 (Snapdragon 625) chipi hamda 3 gigabayt hajmli tezkor xotira mas’ul. Ta’kidlash o‘rinliki, odatda Samsung kompaniyasi flagman bo‘lmagan smartfonlariga Qualcomm protsessorlarini o‘rnatmasdi. Faqat 2016 yilgi Galaxy C7 hamda keyinroq taqdim etilgan Galaxy C7 Pro modellarigagina Snapdragon chiplari joylangan. Galaxy J8 Plus modeli esa ushbu amerikalik chipsoz protsessori o‘rnatilgan navbatdagi Samsung smartfoni bo‘ladi.

Galaxy J8+ (yoki Galaxy J8 Pro) modelining taqdim etilishi va narxi xususida hozircha aniq ma’lumot yo‘q. Bu boradagi yangiliklardan boxabar bo‘lish uchun bizdan uzoqlashmang.

O‘QING: Sirli ro‘yxat: Samsung bu yil taqdim qiladigan smartfonlar

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!