Ucell abonentlari uchun OLX.uz’ning «E’lonlar taxtasi» ishga tushdi

  •   DiMaX
  •  3054
  •  16.11.2017 12:45

Ucell abonentlari uchun OLX.uz’ning «E’lonlar taxtasi» ishga tushdi

O‘zbekistondagi eng ommabop onlayn savdo platformasi – OLX.uz o‘zining hamkori – Ucell abonentlari uchun «E’lonlar taxtasi» ovozli portalini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda operator saytida xabar berilgan.

O‘QING: Ucell o‘chirilgan raqamni so‘nggi egasiga ulashni yo‘lga qo‘ydi

Endi Ucell abonentlari 0780 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, operatorning axborot-hamkori hisoblanmish OLX.uz saytining «E’lonlar taxtasi» ovozli portalidan foydalanishlari mumkin. Mazkur ovozli portalda ayni paytda uchta bo‘lim mavjud: ish; ko‘chmas mulk; transport.

Qolaversa, endi abonentlar mazkur portaldagi viloyatlar bo‘yicha qidirish funksiyasidan ham foydalanishlari mumkin. Shuningdek, o‘zini qiziqtirgan e’lon haqidagi batafsil ma’lumotni bepul 3141 SMS-raqamidan SMS tarzida olish imkoni ham mavjud.

O‘QING: OLX.UZ’dagi arzon ayfonga uchib, 500 dollarga chuv tushgan hamyurtimiz

Aytish kerakki, mazkur kontent xizmati Ucell uyali aloqa operatori hamda Smart Mobile kontent-provayderi hamkorligida joriy etilgan. «E’lonlar taxtasi» kontent xizmati o‘zbek va rus tillarida taqdim etiladi. Ovozli xizmatga qo‘ng‘iroq daqiqabay narxlanadi, muloqotning bir daqiqasi narxi (QQS bilan) 42,10 so‘mni tashkil etadi.