O‘zbekistonda Xiaomi 13 Lite smartfonlari sotuvi boshlandi
Kutilganidek, bu yilgi Butunjahon mobil kongressi ko‘rgazmasida Xiaomi 13 seriyasi rasman global bozor uchun, xususan, O‘zbekiston uchun ham taqdim qilindi. Yangi qatorda Xiaomi 13 Lite, Xiaomi 13 va Xiaomi 13 Pro modellari mavjud bo‘lib, Xiaomi'ning O‘zbekistondagi bo‘limi qatordagi eng boshlang‘ich model Xiaomi 13 Lite'ning sotuvlari boshlanganligini e’lon qildi.
Xiaomi 13 Lite texnik xususiyatlari quyidagicha:
O‘lchamlari | 159,2×72,7×7,2 mm |
Og‘irligi | 171 gramm |
Himoyasi | IP53; ekran Gorilla Glass 5 |
Displey | 6,55 dyuym, 1080×2400, AMOLED, Dolby Vision, HDR10+, 120Hz, maksimal 1000 nit |
Chipset | Qualcomm Snapdragon 7 Gen 1 |
Xotira konfiguratsiyasi | 8/128 GB, 8/256 GB |
Operatsion tizim | Android 12, MIUI 14 |
Orqa kamera |
asosiy – 50 MP (f/1,8) |
Ikkilik | asosiy – 32 MP (f/2,4) portret – 8 MP (f/2,3) |
Batareya | 4500 mA/soat |
Zaryadlanish | 67 Vt simli, 40 daqiqada 100% |
Qo‘shimchasiga | barmoq izini aniqlash sensori (ekran ostida), NFC, infraqizil nur uzatuvchi |
Mavjud emas | microSD karta, 3.5 mm naushnik uyasi |
Ma’lum bo‘lishicha, Xiaomi 13 Lite smartfonining O‘zbekistondagi narxi quyidagicha:
- Xiaomi 13 Lite (8/256 GB) – 4,999,000 so‘m
- Xiaomi 13 Lite (8/128 GB) – 4,799,000 so‘m
Narxlar radius.uz saytidan olingan bo‘lib, hozirda O‘zbekistondagi boshqa Xiaomi riteyleri ham smartfon sotuvini boshlashi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz: yuqoridagi narxlar faqat ma’lumot berish maqsadida keltirilgan bo‘lib, Terabayt.Uz sayti ularning to‘g‘ri ekani va to‘g‘ri bo‘lib qolishiga kafolat bermaydi. Barcha ma’lumotlarni do‘konlarning veb-saytidan olishingiz mumkin.
O‘QING: OnePlus o‘zining ilk buklamafonini qachon chiqarishini ma’lum qildi!