Uch yillik Xiaomi smartfonlari egalariga xushxabar bor!

MIUI 12.5 grafik qobig‘i asosidagi proshivka tarqatilishi e’lon qilingach, Xiaomi ixlosmandlari uning eski smartfonlarga ham kelish-kelmasligiga qiziqishgan...

O‘z narxi doirasida eng kuchli smartfonlar (AnTuTu’ning beshta reytingi, 2021 yil mart)

To‘rtta reytingda bittagina kompaniyaning turli brendlar ostidagi modellari g‘olib chiqqan. Lekin eng qimmatlari ro‘yxatida boshqa smartfonsoz BULTUR YoZDA taqdim etgan flagman lider bo‘lgani qiziq!

Galaxy S21 vs iPhone 12: qaysi smartfonlar tezroq arzonlashmoqda?

iPhone egalarini Android’ga o‘tishga majbur qilayotgan Xitoy flagmanlari haqida ma’lumot bergan edik. Ularni Android-smartfonga o‘tishga undayotgan uchta asosiy sabab ham siz uchun qiziq bo‘lsa kerak.

O‘rta narxli o‘nta eng zo‘r smartfon (AnTuTu global reytingi, 2021 yil mart)

Reytingda eng ko‘p o‘rinni – ro‘yxatning naq yarmini Xiaomi korporatsiyasi va uning Redmi brendi vakillari egallab olgan, lekin g‘olib baribir boshqa.

Nokia bu yilgi eng arzon smartfonlarini taqdim etdi: ikkalasiyam Android 11 tizimli! (+video)

Nokia C10 va Nokia C20 bir xilda 3000 mAs akkumulyator, Wi-Fi (802.11 11 b/g/n), Bluetooth 4.2, GPS hamda GLONASS interfeyslari, micro-USB porti, 3,5 mm.lik audiotirqish va FM-radio bilan jihozlangan.

Dunyo bo‘yicha eng qudratli Android-flagmanlar (AnTuTu reytingi, 2021 yil mart)

Reytingda eng ko‘p – naq uchta o‘rin Samsung’ga tegishli, lekin g‘olib boshqa. Asus va Oppo kompaniyalari ikkitadan o‘rin olgan bo‘lsalar, Huawei, Vivo hamda Xiaomi vakillariga bittadan joy nasib etgan.

Samsung chiqarib ulgurmagan Galaxy A82 ilk anboksing videoda!

Videolavhada Galaxy A82 modelining asosiy texnik xususiyatlari ham aytib o‘tilgan.

AnTuTu’ning yangi reytingi: eng qimmat iPhone 12 Pro Max atigi 6-o‘rinda! (2021 yil mart)

Ro‘yxatning birinchi yarmida birorta ham ayfon yo‘q. Reyting yetakchisi esa, ketma-ket to‘rtinchi oydirki, AnTuTu taxtidan tushmay kelayotir.

Rekord darajadagi chegirma bilan iPhone 12 va iPhone 12 mini zo‘r sotilyapti

Shu bilan birga, butkul simsiz AirPods quloqchinini ham 190 dollar o‘rniga 120 dollardan sotilyapti. Uning xaridorlariga yana Apple Music servisidan 4 oy bepul foydalanish imkoni ham taqdim etiladi.

Qaysi smartfonlardan o‘z egalari rostakamiga rozi? (AnTuTu reytingi, 2021 yil mart)

Ushbu reyting benchmark foydalanuvchilarining o‘z smartfonlari haqida 2021 yil mart oyida bildirgan munosabatlariga asoslangan. Ro‘yxatga faqatgina kamtar bir xitoy kompaniyasidan naq uchta model kirgan.

Xitoyning bu flagmanlari iPhone egalarini Android’ga o‘tishga majbur qilyapti!

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu turkumdagi qurilmalarni sotib olayotganlarning salkam yarmi – naq 45 foizi oldin Apple smartfonlarni ishlatgan ekan. Bu faktni kompaniya original tizer bilan taqdim etgan.

MIUI 12.5 relizi rasman e’lon qilindi: aprel-may oylarida yangilanuvchi 25 xil Xiaomi va Redmi smartfonlari

Yakuniy talqindagi yangi proshivkani shu oyning so‘nggi kuni – 30 aprel sanasida taqdim etishadi va birinchi partiyada beshta rusumdagi smartfonlarga yuborishadi.

Android-smartfonlarning yangi «qirol»i – Lenovo Legion 2 Pro ilk «jonli» suratlarda!

Legion 2 Pro orqa paneli simmetrik dizaynga ega, kameralari ham korpusning taxminan o‘rtasida joylashgan. Lenovo uni eng zo‘r ekran, Snapdragon 888 chipi va 16/512 GBgacha xotira bilan ta’minlayapti.

LG bu bozorni rasman tark etyapti – u «qo‘lni yuvib qo‘ltiqqa urdi»!

Kompaniyaning bu yo‘nalishdagi biznesi 2015 yildan zarar ko‘rishni boshlagan. 2020 yili zararning umumiy miqdori 4,4 milliard dollarni tashkil qilgan.

Atigi 150 dollarlik 5G-smartfon – Redmi 20X surati, xususiyat va ranglari rasmiy posterda!

Redmi 10X hamda 10X Pro bultur yozdan beri Antutu hamyonbop smartfonlar reytinglarida ilk ikki o‘rinni qo‘ldan bermay kelayotir. Xiaomi esa ushbu rekordchilarning davomchisini ham allaqachon tayyorlab ulgurgan.

Ulkan akkumulyatorli Galaxy F02s va Galaxy F12s chiqdi – 122 dollardan boshlanuvchi smartfonlar!

Ikkala smartfon ham 1 terabaytgacha hajmli MicroSD karta uyachasi, 3,5 millimetrlik standart quloqchin tirqishi hamda USB-C portiga ega; Galaxy F12 korpusining yon qirrasiga daktiloskop ham o‘rnatilgan.

iPhone 13 turkumidagi to‘rtta smartfon: ayrim xususiyat va suratlari

iPhone 13 smartfonlarida korpusning metall romi yangicha turdagi qoplamaga ega. Ularga o‘rnatiladigan LTPO ekran esa kadr yangilanishining 1 dan to 120 gersgacha moslashuvchan chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi.

ZTE bu flagmani bilan Xiaomi Mi 11 Ultra’ning «burnini yerga ishqalamoqchi»!

Kompaniyaning oldingi smartfoni – Axon 20 5G modelida dunyodagi ilk «ko‘rinmas» selfi-kamera qo‘llangan bo‘lsa, kutilayotgan kamerofonda ikkinchi avlod ekranosti kamera ishlatiladi.

Eng kuchli o‘nta hamyonbop smartfon (AnTuTu reytingi, 2021 yil mart)

Dimensity 820 protsessoriga tayanuvchi ushbu ikki smartfon avgustdan beri AnTuTu reytinglarida yuqori o‘rinlarni qo‘ldan bermay kelishmoqda va uzoq vaqt liderlik bo‘yicha rekordchi bo‘lib ulgurishdi.

AnTuTu reytingini Snapdragon 888 chipli flagmanlar butkul zabt etdi! (2021 yil mart)

Aksariyat telefonlar bir xil – 12/256 GBlik xotirali bo‘lsa-da, ballar turlicha to‘plagan. Lekin eng g‘alatisi: «operativka»si eng kuchli – naq 16 GBlik ROG Phone 5 hatto kuchli uchlikka ham kirmagan!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш