5 maygacha Xiaomi eng qimmat smartfonidan naq 60 tasini teppa-tekinga tarqatyapti!

Narxi 1540 dollarlik smartfonning jami 60 donasi (kuniga 12 tadan) mutlaqo bepul ulashiladi. Ya’ni, kompaniya ushbu aksiya doirasida taxminan 100 000 dollarlik saxovat ko‘rsatmoqda.

Yevropaliklar eng ko‘p qaysi brendlar smartfonlarini olishyapti?

Xiaomi’ga raqib arzonchi brend Yevropa bozorida atigi 2 foizlik hissasi bilan yettinchi o‘rinda bo‘lsa-da, smartfon savdolarini o‘tgan yilning mos davriga nisbatan eng ko‘p – naq 183 foizga o‘stira olgan!

Canalys: Samsung birinchi chorakda rekord darajada smartfon yetkazib berdi

Tashkilotning xabar berishicha, 2021 yilning birinchi choragida naq 347 million dona smartfon sotilgan.

Harbiy himoya va NFC modulli «o‘lmas» smartfon atigi 170 dollardan sotuvga chiqdi (video)

Korpusi IP69K darajasida va AQShning MIL-STD-810G harbiy standartiga ko‘ra himoyalangan smartfon suv, chang va zarbaga chidamli. U na qattiq yerga tushib ketishdan, na suv, na muz va na loydan qo‘rqmaydi.

Sinmas va bukilmas yagona o‘yin smartfoni global bozorda: videosi va narxlari

Avvaldan buyurtma qilgan dastlabki 100 nafar xaridorga Black Shark 4 FunCase g‘ilofi hamda Black Shark FunCooler kuleri sovg‘a sifatida qo‘shib beriladi.

iOS 14.5 proshivkasi iPhone 12’larning muhim imkoniyatini ochib berdi

Apple o‘z smartfonlari uchun iOS 14.5, planshetlariga iPadOS 14.5 va aqlli soatlariga watchOS 7.4 tizimlarini chiqardi. Yangi proshivka o‘n ikkinchi avlod iPhone’larning avval ochilmagan qirrasini namoyon etdi.

Xiaomi raqibi hali chiqmagan Snapdragon 888 Pro asosida flagman tayyorlayapti! (+«jonli» surat)

Hozircha bu chipset haqida Qualcomm’ning o‘zi ham rasman ma’lumot bergani yo‘q. Ammo insayderlar shu protsessor joriy yilning uchinchi choragida taqdim etilajak flagman smartfonlarda qo‘llanishini aytishmoqda.

«O‘zbektelekom» ofislarida smartfon va aksessuarlar ham sotilyapti – foizsiz va 12 oygacha muddatli to‘lov!

Muddatli to‘lovlarning barcha turlarida oldindan to‘lov mavjud emas, pasportning asl nusxasi va yil bo‘yicha daromadlar to‘g‘risida Ma’lumotnoma taqdim etish zarur.

Rasmiy taqdimotidan avval Vivo V21 5G smartfonini anboksing videosida batafsil ko‘ramiz!

Smartfon Dimensity 800U protsessori bazasida qurilgan va 8 GBlik tezkor xotiraga ega. Uning akkumulyatori tok sig‘imi 4400 mA/soatni tashkil etadi. Bosh kamerasi 64+8+2 MPlik sensorlarni o‘z ichiga olgan.

Xiaomi to‘rt xil smartfonida proshivka yangilanishini to‘xtatyapti

Kompaniya dasturchilarining ta’kidlashlaricha, 21.4.21 raqamli yakuniy MIUI 12.5 beta-versiyadagi apdeyt Xiaomi kompaniyasining ushbu telefonlari uchun oxirgisi bo‘ladi.

Mashhur «ustabuzarmon» 2021 yilning sinmaydigan va bukilmaydigan yagona o‘yin smartfonini e’lon qildi (+video)

Zak Nelson joriy yilning sinmaydigan va bukilmaydigan yagona geymerofonini e’tirof etdi. Qizig‘i shundaki, u narigi ikki smartfondan arzonroq ham turadi!

2019 yilgi ayfon hatto iPhone 12’lardan ham zo‘r sotilyapti! (2021 yil 1-chorak)

Hisobotga ko‘ra, bu davrda Apple sotgan smartfonlarning 61 foizi yangi – iPhone 12 oilasiga tegishli ekan. Shunga qaramasdan, eng xaridorgir ayfon baribir boshqa modeli bo‘lib chiqqan!

Huawei kutilmaganda Mate 40 Pro flagmani va Mate X2 buklamafonini arzon versiyalarda chiqardi!

Huawei rasmiy saytida Mate 40 Pro hamda Mate X2 smartfonlarining 4G-versiyalari paydo bo‘ldi. Ularning texnik xususiyatlari standart modellardan farq qilmaydi – o‘sha Kirin 9000 chipi, faqat 5G-modulsiz.

Atigi 400 dollardan boshlanuvchi «ekstremal flagman»lar – Xiaomi Mi 11X hamda Snapdragon 888 chipli Mi 11X Pro chiqdi (+video)

Ular bilan birga Xiaomi Mi 11 Ultra modeli ham Hindistonda taqdim qilindi. Bu yurtda uni faqat 12/256 gigabaytlik variantda, lekin Xitoydagidan ham arzon – 935 dollarga teng narxda sotishadi!

iPhone 13 ekrani kemtigini «jonli» suratlarda iPhone 12’niki bilan solishtirib ko‘ramiz

iPhone 13 ekranidagi o‘yiq birmuncha kichraygan; Macotakara nashrining yozishicha, uning o‘lchami 5,35x26,8 millimetrga teng. Taqqoslash uchun, iPhone 12 ekranidagi kemtik 5,3x34,83 millimetrlikdir.

Redmi ilk o‘yin smartfonining asosiy «fishka»sini «jonli» videoda ishlatib ko‘rsatdi!

Unga eng zo‘r – 144 gerslik Samsung E4 yassi displeyini o‘rnatishmoqda. Maxsus pereklyuchatelni bosganda smartfon o‘yin rejimiga o‘tadi va oddiy rejimda yashirinib turgan triggerlar ham tashqariga chiqadi.

Dunyodagi eng arzon – atigi 153 dollarlik 5G-smartfon namoyish etildi!

Garchi ayni damda jahondagi eng arzon 5G-telefon bo‘lsa-da, Oppo Realme Q3i 5G texnik jihatlari judayam past emas.

Apple o‘zining M1 protsessori bazasida iPad Pro va turfa rangli iMac’lar taqdim etdi

iMac’larda ilk bor Touch ID paydo bo‘lgan, masalan, to‘lovlar avtorizatsiyasini barmoq izi yordamida qilish mumkin. U klaviaturaga o‘rnatilgan bo‘lib, uning ham yangi kompyuter rangiga mosini olish mumkin.

HarmonyOS 2.0 tizimiga tayyor 19 xil Huawei gadjetlarining rasmiy ro‘yxati

Ancha kengaytirilgan bu ro‘yxat Huawei’ning nafaqat zamonaviy smartfonlari, balki planshet va aqlli televizorlarini ham o‘z ichiga olgan.

iPhone 13 mini ilk «jonli» suratda: uni iPhone 12 mini bilan taqqoslab ham ko‘rsatishdi!

iPhone 13 mini kamera blogining o‘zi ham kattaroq bo‘lib, korpus yuzasidan ko‘proq bo‘rtib chiqqan; bu esa yangi mini-ayfonda optik sensorlar va ob’yektivlar yanada takomillashtirilganidan darak berishi mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш