Realme narxi 100 dollarga ham bormaydigan 5G-smartfon va’da qildi!

Mazkur kompaniya yaqin oylarda o‘zining 5G-smartfonlar modellarini 20 taga yetkazmoqchi. Natijada esa, Realme assortimentidagi jami smartfonlarning 70 foizi 5G tarmog‘ida ishlay oladigan bo‘ladi.

Snapdragon 888 chipli yangi flagmanini Samsung hatto Galaxy S20 FE’dan ham arzon chiqaryapti!

Galaxy S20 FE sotuvga chiqqanida o‘z yurtida 899 800 von (taxminan 810 dollar) miqdorida narx belgilangan, AQSh bozoriga chiqqan paytida esa Galaxy S20 Fan Edition uchun 699 dollar so‘rashgan edi.

Turli narx toifalaridagi eng zo‘r smartfonlar – beshta reytingda! (AnTuTu, 2021 yil may)

Mart oyida AnTuTu reytinglaridan to‘rttasida Xiaomi hamda uning brendlariga mansub smartfonlar yetakchi edi. Aprelga kelib vaziyat o‘zgargan, may oyida esa raqobatchilar uni yanada ko‘proq siqib chiqarishgan.

HarmonyOS 2.0’ga o‘tuvchi 35 xil Honor smartfon va planshetlari

Kamida uchta smartfonsoz Android’dan kechib, HarmonyOS tizimiga o‘tishi haqida yozgan edik. Honor kompaniyasi allaqachon mazkur proshivkani qabul qiluvchi smartfon va planshetlarini e’lon qildi.

AnTuTu: May oyida egasini rozi qilgan smartfonlar reytingida bulturgi flagmanlar yetakchi!

Meizu kompaniyasining bu yilgi flagmanlari hatto iPhone egalarini ham Android-smartfonlarga o‘tishga majbur etayotgani haqida yozgan edik. Lekin AnTuTu reytingida uning boshqa bir modeli g‘olib bo‘lgan.

Beshta xizmatdan bir oy bepul foydalanib, to‘rtta Redmi 9 smartfonidan birini yutib oling!

Uyali aloqa operatori beshta pulli xizmatni bepul taqdim etishdan tashqari, shularning to‘rttasidan tekinga foydalanganingiz uchun smartfon yutib olish imkonini ham beryapti! Qoyilmisiz?

Realme global bozorga ikkita flagman smartfon tayyorlayapti

Mazkur qurilmalar Realme GT 5G Performance Flagship hamda Realme GT Camera Flagship nomlari ostida sotiladi.

Samsung Galaxy A22 smartfoni taqdim etildi

Qurilma 90Hz ekran yangilanish chastotasida ishlovchi Super AMOLED displeyi bilan jihozlangan.

O‘rta narxli o‘nta eng kuchli smartfon (AnTuTu reytingi, 2021 yil may)

Eng kuchli flagmanlar reytingini Snapdragon 888 chipli modellar band etgan bo‘lsa, eng zo‘r hamyonbop smartfonlar ro‘yxatida jami uchta chipsoz mahsuloti bo‘lmish yettita protsessor bazasidagi qurilmalar bor.

Huawei yuzga yaqin smartfon va planshetlariga HarmonyOS 2.0 tarqata boshladi (rasmiy ro‘yxat)

Xitoylik texnogigant 2 iyundagi taqdimotida HarmonyOS 2.0 tizimini yakuniy talqinida namoyish etdi. U o‘zining yuzga yaqin modeldagi smartfon va planshetlariga mazkur apdeyt to‘rtta bosqichda tarqatadi.

iPhone egalari norozi: iOS yangilanishi akkumulyatorini «yeb» qo‘ymoqda!

«Qurbon»lardan biri tunda o‘zining «uyqudagi» iPhone 12 smartfoni zaryadining 30 foizini yo‘qotgani haqida xabar berdi.

TOP-10: Eng tezkor o‘nta flagman (AnTuTu reytingi, 2021 yil may)

To‘qqizinchi talqindagi AnTuTu benchmarkida yangicha GPU (grafik tezlatgich) testi paydo bo‘lgan, asosiy protsessor testi qayta ishlangan, shuningdek tezkor va doimiy xotira testlariga o‘zgarishlar kiritilgan.

iPhone 13 turkumidagi barcha to‘rtta smartfonning akkumulyator tok sig‘imi ma’lum bo‘ldi

2021 yili chiqadigan o‘n uchinchi avlod ayfonlarning barchasida akkumulyator sig‘imi o‘z «ajdod»idagidan yuqori, lekin Pro Max versiyasida bu farq yaqqol katta.

Arzon versiyadagi Galaxy A22 namoyishdan oldin Rossiyadagi rasmiy Samsung saytiga chiqdi

Samsung Galaxy A22 4G eng so‘nggi – Android 11 operatsion tizimi bazasida, 6 GBlik tezkor xotira bilan ishlaydi. Smartfonning «elektron yuragi» esa MediaTek Helio G80 protsessori bo‘ladi.

Samsung noiloj Galaxy S21 flagmanlari kamerasidagi nuqsonni tan oldi (+video)

Butun dunyo bo‘ylab Galaxy S21, Galaxy S21+ hamda Galaxy S21 Ultra smartfonlarining foydalanuvchilari turli forumlarda va tarmoqlarda ulardan shikoyat qilishmoqda.

Bo‘lar ekan: iPhone 12 xaridori sudda Apple’ni mag‘lub qildi!

Sud qarorini bajarishni kechiktiradigan bo‘lsa, Apple kechikkan har bir kuni uchun qo‘shimcha 38 dollardan (maksimum 950 dollargacha) to‘laydi.

200 vattlik HyperCharge quvvatlagichi chiqdi: smartfonni to‘liq zaryadlashga 8 daqiqa kifoya! (+video)

Xiaomi kompaniyasi rekord darajadagi quvvatga ega bo‘lgan HyperCharge texnologiyasini taqdim etdi. Uning yordamida simli usulda naq 200 vattlik, simsiz usulda esa 120 vattlik zaryad uzatish mumkin!

Samsung yana reklama roligida iPhone’ni masxaralab, innovatsion dizaynli yangi smartfon ko‘rsatdi

Aftidan, bu – namoyishi iyulda o‘tkaziladigan Galaxy Z Fold 3 bo‘lib, kompaniya uni «yashirin kamera» bilan jihozlamoqda.

Xiaomi fanatlari petitsiya tuzishdi: ular nimadan norozi?

Muxlislar kompaniyadan «yana yo‘nalishini o‘zgartirib, yana smartfonlar narxini va ularga xizmat ko‘rsatishni avvalgidek holatga qaytarish»ni so‘rashgan.

Flagman chipli yangi smartfon – Poco F3 GT rasmiy videotizeri chiqdi

Mazkur modelning ilk reklama tizeri chiroyli videorolik shaklida ishlangan bo‘lib, qurilma MediaTek kompaniyasining flagman chipseti – Dimensity 1200 bazasida ishlashi ko‘rsatilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш