iOS 17 versiyasi Android'da anchadan beri mavjud bo'lgan va iPhone egalari uzoq kutgan funksiyani olib kelishi mumkin

iOS 17 versiyasi Android'da anchadan beri mavjud bo'lgan va iPhone egalari uzoq kutgan funksiyani olib kelishi mumkin

Android'ning iOS'dan eng katta ustunliklaridan biri – bu ilovalarni "yon tomondan yuklash" imkoniyati mavjudligi bo'lib, iPhone paydo bo'lganidan beri Apple undagi ilovalarni boshqa manbalardan o'rnatilishidagi qat'iy qarshilik qilib keladi, ya'ni siz barcha ilovalarni faqat App Store'dan yuklab olishingiz kerak. Biroq, bu tez orada iOS 17 bilan o'zgarishi mumkin.

Ilovalarni "yon tomondan yuklash" degani, uni qurilmaga to'g'ridan-to'g'ri uning fayl holati orqali o'rnatilishini anglatadi. Masalan, Android'da siz APK formatidagi ilovalarni smartfoningizga to'g'ridan-to'g'ri o'rnatishingiz mumkin.

Taniqli Apple tahlilchilaridan biri, Bloomberg nashridan Mark Gurmanning xabar berishicha, iOS 17 uzoq kutilgan xususiyat, ilovalarni yon tomondan yuklash imkoniyatini olib keladi, ya'ni yangi versiyasidagi iOS bilan iPhone egalari ilovalarni faqat App Store'dan emas, balki boshqa manbalardan ham to'g'ridan-to'g'ri o'rnatishlari mumkin bo'ladi.

Ta'kidlash joizki, bu kupertinolik kompaniya Yevropa Ittifoqining "Raqamli bozor to'g'risidagi qonuni"ga amal qilishi doirasida amalga oshiriladi. Ushbu qonun o'tgan yilning 1-noyabr sanasidan kuchga kirgan va agar Apple unga 2024-yilgacha rioya qilishni boshlamasa, u o'z daromadining 20 foizi bilan jarimaga tortilishi mumkin.

Apple'ning ilovalarni yon tomondan yuklash bilan "kelisha olmasligi"ga maxfiylik va xavfsizlik masalalari sabab qilib ko'rsatiladi. Biroq, bu yagona muammo emas. Ilovalarni boshqa manbalardan yuklash imkoniyati bilan dasturchilar kompaniyaning App Store do'konidagi 30% lik solig'ini chetlab o'tishlari mumkin bo'ladi. Tabiiyki, bu Apple'ning daromadiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. 

Afsuski, ushbu ma'lumotlar hozircha tasdiqlanmagan. Ko'plab ma'lumotlarni biz yaqinlashib kelayotgan WWDC 2023 tadbirida bilib olishimiz mumkin bo'ladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!