Xyuston, bizda muammo bor: Starship raketasi uchirilishi parvozga atigi 40 soniya qolganda qoldirildi

Xyuston, bizda muammo bor: Starship raketasi uchirilishi parvozga atigi 40 soniya qolganda qoldirildi

SpaceX kompaniyasi kecha o'zining Starship raketasini Yer orbitasiga sinov tariqasida uchirishni rejashtirgan edi. Biroq, samo kemasi uchirilishiga atigi 40 soniya qolgani parvoz bekor qilindi va keyinga qoldirildi.

Ma'lum bo'lishicha, parvoz qoldirilishiga raketaning buster qismidagi muammo, klapanlardan birining muzlab qolganligi sabab bo'lgan. Ilon Mask bu haqda raketa uchirilishiga 5 daqiqacha qolganda o'z Twitter sahifasida xabar bergan edi:

"Bosim klapani muzlab qolganga o'xshaydi, shunday ekan, agar u tez orada ishlamasa, parvoz bugun bo'lmaydi", – Ilon Mask. 

Raketa uchirilishi qoldirilganligi e'lon qilinishi bilan birga navbatdagi urinish ikki kundan keyin, 19-aprel kuni amalga oshirilishi haqida xabar bergan edi. Biroq, SpaceX bergan so'nggi ma'lumotlarga ko'ra, ikkinchi urinishni 20-aprel kuni Toshkent vaqti bilan 18:28 da amalga oshiradi, 19-aprel emas.

Ehtimol, parvoz bekor qilingani evaziga: SpaceX o'zining Starship shaklidagi zajigalkasini sotuvga chiqardi. Kompaniya yangi mahsulotni Starship parvozi amalga oshirilishi bilan parallel ravishda taqdim qildi.

"O'z nomiga munosib, qo'lda ishlaydigan Starship mash'alasi shamolga chidamli alanga hosil qilish uchun mo'ljallangan va u steykdan to shirinliklargacha bo'lgan har qanday narsani qovurishni osonlashtiradi. Oshxonadan tashqarida esa sham yoki o'choqni yoqish uchun Starship'dan foydalaning. Qo'lingizda Starship kuchi turganida kimga gugurtlar kerak bo'ladi?", – deya ta'riflaydi SpaceX o'zining Starship zajigalkasini.

Qizig'i shundaki, agar undan foydalanmaydigan bo'lsangiz xavfsizlik qulfini aktivatsiya qilish bilan siz zajigalkani Starship samo kemasi modeli sifatida o'z uyingiz "ko'rgazmasi"ga qo'yib qo'yishingiz mumkin bo'ladi. Qayta-qayta foydalanish uchun esa raketani standart butan bilan to'ldirish mumkin. Uning narxi 175 dollarni tashkil qiladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.