«Qahramon kalamush»: Android-qurilmalarni Telegram orqali boshqaruvchi troyandan ehtiyot bo‘ling!

HeroRat jinoyatchilarga qurilmadagi SMS-xabarlarni nazorat qilish, skrinshot olish, foydalanuvchining joylashuvini kuzatish, uning nomidan qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish va qabul qilish imkonini beradi.

Samsung va Huawei «damini olaversin», eng «serkamera» smartfonni boshqasi chiqaryapti! (+video)

Ushbu flagmanning bosh kamerasi uchta sensorni, selfi-kamerasi esa ikkita datchikni o‘z ichiga oladi. Shu tariqa, beshta fotomoduli bilan u rekord darajada «serkamera» smartfon bo‘ladi.

Xiaomi’ning qaysi gadjeti Mi 8 flagmanidan ham zo‘r sotilyapti?

Agarda 17 kunda millionta sotilgan bu devays shu sur’atda sotilishda davom etsa, Xiaomi mazkur bozorda yetakchilik shohsupasidan Apple’ni ag‘darishi ham mumkin!

Apple barcha xohlovchilar uchun iOS 12’ni taqdim etdi – uni hoziroq o‘rnatish mumkin!

iOS 12 eski modellardagi iPhone va iPad’larda ish samaradorligini sezilarli oshirdi; yana ko‘plab yangi imkoniyatlar va funksiyalar taqdim etdi. Apple qurilmangizni yangilab ko‘rishingiz mumkin!

Sun’iy ong: jilovni qo‘lga olishga hali ertami?

Hozircha temirtanlar o‘zlarini juda xushmuaomala tutmoqdalar.

Xiaomi indingayoq taqdim etadigan smartfonini «Kelajakdan kelgan hadya» deya maqtamoqda (+video)

Reklamada Xiaomi do‘konidagi zalda to‘satdan chiroq o‘chib qoladi va moviy chaqmoq chaqib, namoyish stendida MI logotipli qadoq paydo bo‘lib qoladi. Bu xuddi «Terminator» filmining boshidagi lavhani eslatadi.

Apple’ dan taxlanadigan qimmat quloqchin va boshqa ko‘p yangiliklar

Apple ovoz uzatuvchi gadjetlarning butun boshli seriyasi ustuda ish olib bormoqda

«Jonli» foto: Huawei Mate 20 kamida to‘rtta kamerali bo‘ladi!

Mate 20 hamda Mate 20 Pro modellari Huawei’ning yangi – Kirin 980 protsessori hamda 6 gigabaytlik tezkor xotira bazasida ishlaydi. Mate 20 Pro talqini 6.9 dyuymlik OLED-displeyga ega bo‘lishi kutilayotir.

«Love Story» videoroligi kerakmi? Uni sizga Google Photos tayyorlab beradi!

Smartfoningizdagi fotoarxivingizda juftingiz bilan birga tushgan rasmlar va videolavhalar qancha ko‘p bo‘lsa, Google Photos tayyorlaydigan «Love Story» roligi ham shuncha qiziqarli chiqadi.

Mi Max 3 taqdimot sanasini Xiaomi ovozli yordamchisi «sotib» qo‘ydi!

Shuningdek, ushbu marosimda Mi 6X modelining Miku Xatsunega bag‘ishlangan maxsus anime talqini – Mi 6X Hatsune Edition ham taqdim qilinadi.

Xushxabar: Nokia smartfonlaridan to‘rttasiga Face Unlock qo‘shilyapti

Face Unlock texnologiyasining afzalliklaridan biri shundaki, bunda qurilmaga hech qanday qo‘shimcha jihoz o‘rnatish shartmas – u dasturiy ta’minot darajasida ishlayveradi.

Meizu tasdiqladi: ikki ekranli Pro 7 smartfoni chiqarilmaydi

Bundan bir yilcha avval, Meizu kompaniyasi o‘zining Pro 7 smartfonni ishlab chiqargan edi.

Google Earth ikkita ajoyib funksiya bilan kuchaytirildi

Google Earth yordamida endi Yer yuzidagi muayyan ob’yektlar orasidagi masofani, shuningdek, istalgan bir hududning maydonini o‘lchash mumkin.

Atigi 170 dollarlik, ammo metall korpus va «aqlli» kameraga ega Xiaomi Mi Pad 4 taqdim etildi

Yangi devays o‘z «ajdod»i – Xiaomi Mi Pad 3 modelidan 9,4 foizga ixcham bo‘lib, ishlatishga qulay. Ya’ni, Mi Pad 4 o‘lchamlari 200,2x120,3x7,9 millimetrga, vazni esa 242,5 grammga teng. Diagonaliga 8 dyuymlik ekrani esa tomonlari o‘zaro 16:10 nisbatda ishlangan.

Galaxy S10 naq uch xil modifikatsiyada chiqadi, ulardan biri Huawei P20 Pro’ni «yer tishlatadi»!

«Beyond 2» modeli diagonaliga 6,2 dyuymlik displey bilan jihozlanadi. U uchta ob’yektivli asosiy kamerasi bilan ham Huawei P20 Pro’ga munosib raqib bo‘lishi kutilmoqda.

BlackBerry KEYone yaqinda Android Oreo bilan yangilanadi

Yaqinda BlackBerry kompaniyasi Android 8.1 Oreo’ si bilan BlackBerry Key2’ni taqdim etgandi

Xakerlar baribir Apple’dan ustun kelishdi!

Qiziq tomoni – nafaqat nisbatan eskirgan iOS 11.4 talqinidagi operatsion tizimi, balki hatto iOS 12 beta-versiyasidagi iPhone’ning ham himoyasini buza olishdi.

Moto Z3 Play versiyasi ancha kuchaytirildi, rangi ham o‘zgardi

6 iyun kuni Motorola kompaniyasi yangi Moto Z3 Play smartfonini chiqargan edi.

Ckyrin S10 – quvvati 4 kunga yetuvchi, 5 metr suv tubida ishlovchi, 3G-modem va kameraga ega «aqlli» soat

Smart-soatda NanoSIM-karta uyachasi mavjud – 3G tarmoqlarida so‘zlashish va SMS-xabar almashish imkoni bor. Shuningdek, u Wi-Fi, Bluetooth 4.0, GPS modullari hamda 2 megapikselli kamera bilan jihozlangan.

Redmi 6 Pro taqdim etildi – Xiaomi’ning «o‘yiq»li ekranga ega ilk hamyonbop smartfoni!

Xiaomi ilk bor o‘zining hamyonbop – Redmi turkumidagi smartfonga «kemtik»li ekran o‘rnatdi. Redmi 6 Pro displeyining o‘lchami diagonaliga 5,84 dyuymga, tasvir aniqligi esa 2280x1080 pikselga teng.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш