Apple’ dan taxlanadigan qimmat quloqchin va boshqa ko‘p yangiliklar

  •   Saroy
  •  1896
  •  26.06.2018 15:34

Apple’ dan taxlanadigan qimmat quloqchin va boshqa ko‘p yangiliklar

Dunyodagi nufuzli axborot nashrlaridan biri hisoblangan Bloomberg’ning yozishicha,  Apple ovoz uzatuvchi gadjetlarning butun boshli seriyasi ustida ish olib bormoqda: simsiz quloqchinning yangi versiyasi bo‘lmish, AirPods, uning  Pro-versiyasi, yangilangan HomePod kolonkasi va taxlanadigan quloqchin modeli, yana eng qimmati.

O‘QING: Xakerlar baribir Apple’dan ustun kelishdi!

2019 yilda  yaxshi ovoz ishqibozlari Apple’dan qator yangiliklarni kutmoqda. Kupertinovlik ishlab chiqaruvchilar AirPods’ning yangilangan versiyasini tayyorlar ekan, uni Siri ovoz yordamchisi va boshqa bir qator yangi detallar bilan boyitmoqda.  Yanada qimmat narxda bo‘lgan AirPods Pro modeli (hozirgi narxi 159 dollar) ham yaqin orada  dunyo yuzini ko‘rishi kerak. Yangi qurilma terdan va yomg‘irdan himoyalangan hamda tovushni pasaytirish tizimiga ham ega. Kelgusida esa dasturchilar AirPods modelini biometrik datchiklar bilan ta’minlamoqchi. Agar shunday qilinsa, shundog‘am ommalashib ketgan simsiz quloqchinga bo‘lgan  talab yanada oshadi.

O‘QING: iPod’ning zo‘ri Dubayda

Apple  shuningdek, taxlama quloqchin ustida ham ish olib bormoqda, faqat uning nomi hozircha noma’lum. Manbada aytilishicha, ular Beats Studio 3 ga o‘xshaydi va ovoz chiqarishi xuddi studiyada yozilgan ovozga o‘xshab jaranglaydi, ammo gadjet yanada qimmat sotilishi kutilmoqda. Qolaversa  “aqlli” HomePod kolonkosi ham musiqa ixlosmandlari e’tiborini tortishi turgan gap. Ammo, audiogadjetning ikkinchi avlodi qanday funksiya oladi, bunisi hali noma’lum.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!