BlackBerry KEYone yaqinda Android Oreo bilan yangilanadi
Yaqinda BlackBerry kompaniyasi Android 8.1 Oreo’ si bilan BlackBerry Key2’ni taqdim etgandi. Hozir esa, tarmoqlarda birinchi avlod smartfonlari uchun proshivkalar yangilangani haqida xabar paydo bo‘ldi
Kanadaning Rogers operatori tarqatgan xabarga ko‘ra, devays yangi dasturiy ta’minot bilan (Android 8.0 Oreo) ta’minlanish jarayonini boshdan kechirmoqda.
Agar smartfonning tezkor versiyasi yangilanayotgan bo‘lsa, demak yaqin kunlarda smartfonni blokdan yechish uchun OTA tizimi ham paydo bo‘ladi. Yangi proshivkasi bilan devays yangi xavfsizlik patchiga, Wi-Fi qo‘ng‘iroq va yangi Android 8.0 Oreo’ga ega bo‘ladi.
O‘QING: BlackBerry Key2’ning ustun jihatlari oshkor bo‘ldi, narxi ham
Eslatib o‘tamiz, BlackBerry KEYone 4.5-dyuymli, 1620x1080 pikselli va tomonlar nisbati 3 ga 2 bo‘lgan displey bilan jihozlangan. Qurilmaning ishlashini sakkizyadroli Qualcomm Snapdragon 625 protsessori ta’minlaydi. Bundan tashqari, smartfonga 3 GB OZU, 32 GB PZU, sig‘imi 3505 mAch bo‘lgan akkumulyator o‘rnatilgan. Quick Charge 3.0 tezkor zaryadkalash uskunasi va 12 Mp kamerasi ham yangi smartfonning yangi ustunliklaridan biri sanaladi.
O‘QING: Afsonaning qaytishi: BlackBerry Motion rasman taqdim etildi