Xushxabar: Nokia smartfonlaridan to‘rttasiga Face Unlock qo‘shilyapti

  •   DiMaX
  •  635
  •  26.06.2018 11:35

Xushxabar: Nokia smartfonlaridan to‘rttasiga Face Unlock qo‘shilyapti

Android-smartfonlarda foydalanuvchining yuzini tanish orqali qurilmani qulfdan chiqarish funksiyasi sifatida asosan Face Unlock texnologiyasi qo‘llanmoqda. Uning afzalliklaridan biri shundaki, bunda qurilmaga hech qanday qo‘shimcha jihoz o‘rnatish shartmas – u dasturiy ta’minot darajasida ishlayveradi.

O‘QING: Video: Huawei yuzni tanish tizimi Apple’nikidan tezkor chiqdi!

Shu bois ham ko‘plab smartfonsozlar o‘zlarining yangi modellarini biryo‘la Face Unlock texnologiyasi bilan chiqarishmoqda. Shuningdek, avval taqdim etilgan smartfon modellariga ham yangilanishlar orqali ushbu dasturiy ta’minot texnologiyasi tatbiq qilinmoqda.

Twitter mikrobloglar tarmog‘idagi Nokia Mobile rasmiy akkauntining xabar qilishicha, yaqin orada to‘rt xil modeldagi Nokia smartfonlariga ham Face Unlock texnologiyasini qo‘shishadi. Bular Nokia 8 Sirocco, Nokia 7 Plus, Nokia 8 hamda Nokia 6.1 modellaridir. Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, yuzni tanish texnologiyasi qo‘shilgan yangilanishlar mazkur modellar uchun yaqin oylar ichida tarqatiladi.

Darvoqe, Nokia brendining ayrim mobil telefonlari yurtimizda ham sotilmoqda.

O‘QING: 520 000 so‘mdan boshlangan Nokia telefonlari narxlari (2018 yil 5 iyun) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘yicha yetkazib beriladi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!