XUShXABAR: O‘zbekistonda shaharlararo telefon aloqasi uchun yagona narx joriy etildi

Endi butun oylik limit 180 daqiqadan oshganda, masofadan qat’i nazar, O‘zbekiston bo‘ylab har bir to‘liq yoki to‘liq bo‘lmagan 1 daqiqa so‘zlashuv uchun 12 so‘m narx belgilandi.

Fortnite’ni endi istalgan Android-qurilmada o‘ynash mumkin, faqat...

10 oktyabrda Epic Games kompaniyasi Fortnite o‘yinining sinov bosqichi yakunlanganini e’lon qildi. Endi uni har qanday Android-qurilmada o‘ynash mumkin, faqat devays tegishli texnik talablarga mos kelsa bas.

Google tez orada Android’dan voz kechishi mumkin

Google reklama bo‘limining bir xodimi ta’kidlashicha, Android brendi kam samara bergan. Insayderlarga ko‘ra, kompaniya Android brendini bekor qilish masalasini ko‘rib chiqayotir.

Xitoylik xaridorlar uzoq yillar Apple’ni laqillatib kelishgan ekan!

Shenchjen shahrida ilk Apple Store do‘koni 2012 yili ochilgan. O‘shanda ayfonni ta’mirlatish uchun qilinadigan murojaatlar soni haftasiga 200 ta bo‘lsa, olti oy mobaynida bu ko‘rsatkich naq 2000 taga yetgan...

VIDEO: Atlas robotining aql bovar qilmas tryuklarini tomosha qiling!

Boston Dynamics vakillarining ta’kidlashlaricha, sakrash harakatlarini amalga oshirish uchun bu robot butun tanasini, jumladan qo‘llari va gavdasini ham ishga soladi.

Ilk o‘yinbop smartfonning ikkinchi avlodi – Razer Phone 2 taqdim etildi

Android 8.1 Oreo tizimli Razer Phone 2 geymerofoni Snapdragon 845 chipiga, 8/64 GB xotiraga, 12+12 MPlik bosh va 8 MPlik old kameralarga, bug‘lantiruvchi kamera yordamida sovitish tizimiga ega.

Vahimachilar uchun maxsus: yashirin kameralarni aniqlovchi «anti-josus» gadjet yaratildi! (+video)

SpyFinder Pro orqali qarab, xonada yashirin kamera bor-yo‘qligini tekshirish mumkin: agar biror joyda kamera yashirilgan va hatto o‘chiq bo‘lsayam topib bera oladi.

«Akulalar yaqinlashmoqda»: Xiaomi jahonning eng kuchli Android-smartfonini dunyo bozoriga chiqaryapti!

Yevropa bozoriga mo‘ljallangan Xiaomi Black Shark global MIUI 10 proshivkali, interfeysi to‘liq lokalizatsiya qilingan bo‘ladi. Bu proshivkaga Google servislari o‘rnatiladi va xitoycha ilovalar olib tashlanadi.

Razer har qanday Android-smartfonga tushadigan professional geympad taqdim etdi

Razer Raiju Mobile – istalgan zamonaviy Android-smartfonga ulab ishlatish mumkin bo‘lgan geympaddir. Telefonga uni Bluetooth kanali orqali ham, USB-C porti yordamida ham ulash mumkin.

Nihoyat, to‘rt modulli kameraga ega ilk smartfon – Samsung Galaxy A9 taqdim etildi!

Samsung’ning ta’kidlashicha, o‘rta narxli ushbu smartfon kamerasi har qanday murakkablikda suratlar olishni qoyillatadi – betakror selfidan tortib ideal panoramalargacha.

Kelajak Android-flagmanlari protsessorining nomi o‘zgardi, uning narx va xususiyatlari bilan tanishing!

Snapdragon 8150 protsessori «sun’iy idrok» tizimi uchun maxsus chipga ham ega bo‘lishi aytilmoqda. Chipset tarkibidagi Adreno grafik tezlatgichi esa 650 MGs takt chastotasida ishlaydi.

Nokia eng arzon qo‘sh kamerali smartfonini taqdim etdi

Atigi 150 dollarlik Nokia 3.1 Plus smartfoni Android 9 Pie tizimiga, sakkiz yadroli protsessorga, 2/16 yoki 3/32 GBlik xotiraga, 13+5 hamda 8 MPlik kameralarga, barmoq izi skaneriga ega.

Snapdragon 855 (Snapdragon 8150) protsessorli ilk smartfon Xiaomi Mi Mix 3 bo‘lib, u 5G tarmog‘ida ishlashini aytishmoqda!

Bulardan tashqari, Xiaomi Mi Mix 3 asosiy kamerasi uchta modulli bo‘lib, ulardan ikkitasi 16 va 13 megapikselli ekani ko‘rsatilgan. Selfi uchun esa 20 megapiksellik old kamera mavjud.

Bu messenjer orqali sizning smartfoningizni ham buzib kirishlari mumkin, undan ehtiyot bo‘ling!

Xakerlik hujumi qurboni uning messenjer orqali qo‘ng‘irog‘ini qabul qilayotib, buning xavfini sezmaydi ham. Xaker bo‘lsa shu yo‘l orqali uning smartfonidagi fayllarga va ayrim funksiyalarga kira oladi.

Daktiloskopik sensorli ekranga ega eng arzon smartfon – OPPO K1 taqdim etildi!

OPPO K1 bundan boshqa ham qiziq jihatlari bilan maqtana oladi. Jumladan, unga takomillashtirilgan selfi-kamera va sakkiz yadroli Snapdragon 660 protsessori o‘rnatilgan.

Razer Phone 2 o‘yinbop smartfoni taqdimotidan avval savdoga qo‘yildi

Razer Phone 2 yakka kristalli Snapdragon 845 protsessori bazasida ishlaydi, tezkor xotirasi 8 GB. Amazon saytida uning 64 GB doimiy xotirali versiyasi 870 yevrodan sotuvga qo‘yilgan.

Huawei smartfonlar, haydovchisiz avtomobillar va boshqa qurilmalar uchun «sun’iy ong»li yangi avlod protsessorlarini taqdim etdi

Ascend 910 yangi avlod data-markazlarida qo‘llanadi, Ascend 310 chipini esa haydovchisiz mashinalar, smartfon va «aqlli» soatlar, shuningdek, «buyumlar interneti» qurilmalarida qo‘llash rejalashtirilgan.

Xushxabar: Uzonline kechani kunduzga aylantiradi!

Endi Night Unlim qo‘shimcha xizmati vaqti 18:00 ga qadar amal qiladi va avvalgidan 2 barobar yuqori tezlikda ishlaydi! Aksiya 2018 yilning 10 oktyabridan to 30 noyabrigacha amal qiladi.

Naq yettita kamerali smartfonni kim tayyorlayotganini bilasizmi?

Smartfon orqa panelidagi bosh kamera doirasimon blok ichida kvadrat shakldagi to‘rtta datchikni o‘z ichiga olgan. Qurilmaning romsiz displeyida selfi-kameraning uchta moduli uchun alohida uchta tirqish ochilgan.

Telegram Desktop barqaror 1.4.2 talqinigacha yangilandi

Telegram Desktop dasturi keyingi bir kunning ichida dastlab 1.4.1, keyin esa 1.4.2 talqiniga qadar yangilandi. Undagi o‘zgarishlar ro‘yxati bilan tanishing.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш