«Al-Xorazmiy izdoshlari» tanlovida qatnashib, mukofotlarga ega bo‘ling!

  •   DiMaX
  •  811
  •  04.04.2019 13:55

«Al-Xorazmiy izdoshlari» tanlovida qatnashib, mukofotlarga ega bo‘ling!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti «Al-Xorazmiy izdoshlari» konkursiga taklif etmoqda. Bu to‘g‘rida TATU matbuot xizmati uning rasmiy saytida e’lon bergan.

O‘QING: TATUda kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida magistrlar tayyorlanadi

10-11-sinflarning iqtidorli o‘quvchilari o‘rtasida matematika, fizika, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan «Al-Xorazmiy izdoshlari» integratsiyalashgan ko‘rik-tanloviga start berildi, deyiladi xabarda.

Mazkur tanlovda qatnashish istagida bo‘lgan yoshlar 2019 yilning 1 aprelidan 10 apreliga qadar mana bu manzil orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, integratsiyalashgan ko‘rik-tanlov g‘oliblariga pul mukofotlari ajratilgan. 1-o‘rin – eng kam oylik ish haqining 100 barobari miqdorida,  2-o‘rin – eng kam oylik ish haqining 75 barobari miqdorida,  3-o‘rin – eng kam oylik ish haqining 60 barobari miqdorida mukofotlarga ega bo‘ladilar.

O‘QING: Google stajirovkasida qatnashib, 3000 dollar stipendiya oling!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!