Amerikalik muhandislar 5 daqiqada quvvat oladigan akkumulyatorni ishlab chiqdi

Amerikalik muhandislar 5 daqiqada quvvat oladigan akkumulyatorni ishlab chiqdi

Koloradodagi mahalliy Prieto Battery kompaniyasi mis ko‘pigidan akkumulyator tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqdi. Bloomberg nashri ma’lumotlariga ko‘ra, innovatsion battareyalarni 5 daqiqalik quvvatlanishdan so‘ng, 10 soat bemalol ishlatishi mumkin.

Qoplama o‘rniga ko‘pik
Zamonaviy litiy-ionli batareyalarda yupqa qoplamalardan foydalaniladi. Agar ular mis ko‘pigiga almashtirilsa, 3D-materialning tuzilishi tufayli elektronlar emissiyasi maydoni sezilarli darajada oshadi.

Kompaniya asoschisi, Berklidagi Kaliforniya universiteti dasturchisi, neorganik kimyo fanlari doktori Emi Prayto(Ami Prieto)ning fikricha, akkumulyatorlar istalgan ko‘rinish va o‘lchamga ega bo‘la oladi.

Bunday materiallar nafaqat smartfon, planshet, fitnes-treker, balki elektromobil, elektr tarmoqlari va quyosh batareyalari uchun ham quvvat yig‘ish imkoniga ega.

Prieto Battery kompaniyasi AQShning Intel Capital fondidan 3 mln dollar mablag‘ olishga erishdi va qo‘shimcha investitsiyalar jalb etish niyatida. Mis ko‘pikli akkumulyatorlarni ommaviy ravishda ishlab chiqarish yaqin ikki yil ichida amalga oshirilishi mumkin.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!