Apple 300 dollarlik kitobni sotuvga chiqardi :)

Apple 300 dollarlik kitobni sotuvga chiqardi :)

AQShning Apple kompaniyasi o‘z mahsulotlari dizayni tarixiga bag‘ishlangan kitobni sotuvga chiqardi. Kitobda 1998 yilda tayyorlangan birinchi iMac’dan boshlab 2015 yilda chiqarilgan Apple Pencil’gacha bo‘lgan qurilmalarning tasviri aks etgan.

“Designed by Apple in California” nomli kitobga Apple tomonidan ishlab chiqarilgan gadjetlarning 450 ta yuqori aniqlikdagi suratlari kiritilgan, deya xabar bermoqda hi-tech.mail.ru. Rasmlarni Endryu Zakerman tayyorlagan. Kitobda iPhone, iPod, Apple Watch va qurilmalarni barcha kichik tafsilotlari bilan ko‘rish mumkin. Nashr Stiv Jobs xotirasiga bag‘ishlangan.

Без названия (2)

Eng qizig‘i, kitobni tayyorlash uchun 8 yil vaqt sarf etilgan. Apple’ning ma’lum qilishicha, kitob tashqi bosmaxonalar emas, balki aynan firma tomonidan nashrdan chiqarilgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!