Arzon Galaxy S9"ning videosi tarqaldi

Arzon Galaxy S9

Bir hafta ilgari Galaxy S8 modelining arzon talqini taqdim qilingan edi. Bu talqin nisbatan pastroq texnik jihatlari bilan originalidan ajralib turadi. Samsung Galaxy S8 "Lite" modeli ancha arzon devays. Galaxy S Light Luxury modelining Xitoydagi bahosi $625 dollar, ya’ni asl Galaxy S8 modelidan ancha arzon. Galaxy S8 799 dollariga baholangan edi.

Yangi flagmanlarning savdosidan ilhom olgan kompaniya ularning sodda va arzon talqinini ham ishlab chiqarishga diqqat qilmoqda. Navbat Samsung Galaxy S9 flagmanining "mini" versiyasiga yetib keldi. Xitoylik insayderlar bu modelning ancha arzon bo‘lishini e’lon qilishmoqda.

Aytish kerakki, taqdimoti kutilayotgan smartfon "Samsung Galaxy S9 mini" deb nomlanmaydi. Bu modelning "jussasi" ham ixcham bo‘ladi. Xitoylik manbalarning yozishlaricha, telefon 5,8 dyuymli Super AMOLED displey bilan ta’minlanadi. Ekranning tomonlar nisbati 18,5:9 o‘lchamda bo‘ladi.

O‘qing: Xitoyda "Arzon Galaxy S8" taqdim qilindi

Bu mobil aloqa apparati qo‘sh sensorli bosh kameraga ega bo‘ladi. Kecha internet tarmog‘ida mazkur smartfon aks etgan ilk videorolik tarqalib ketdi. Videoda ko‘rinishi Samsung brendi hali taqdim etmagan smartfon aks etgan. Quyida videoni o‘zingiz tomosha qiling. 

 

Tasvirdan ham ko‘rinib turibdiki, Samsung Galaxy S9 mini modeli chindan mavjud va u tez orada taqdim qilinadi. Old paneldan ushbu model originalidan ekranning yassiligi bilan ajralib turadi, ya’ni ekran qayrilma emas va yonlarga egilmagan. Bunday yondashuv smartfon tannarxini 2 marotabaga arzonlashtiradi. Shuni hisobga olsak, gadjet ko‘pchilikni narxi bilan xursand qiladi.

Ayrim nashrlarning yozishlaricha, Samsung Galaxy S9 mini smartfonida 8 yadroli Qualcomm protsessori o‘rnatiladi, ehtimol bu Snapdragon 660 chipi bo‘lishi mumkin. Shuningdek, mobil aloqa vositasida 4 gigabaytli tezkor hamda 64 gigabaytli doimiy xotira bo‘ladi.

O‘qing: Top-12: Xaridorgir smartfonlar – narx va jihat

Smartfon Xitoyda "Samsung Dream Lite" nomi bilan sotilishi mumkin. Galaxy S9 mini modelining rasmiy taqdimoti yaqin oylarda kutilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, devays $450 dollardan sotuvga chiqariladi. Ya’ni, originalidan ikki barobar arzon.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!