Fransiya Apple‘dan to‘lanmay qolgan soliqlarni talab qiladi

Fransiya Apple‘dan to‘lanmay qolgan soliqlarni talab qiladi

So‘nggi paytda “Olma”ni jarimaga tortish va to‘lanmay qolgan soliqlarni to‘ldirishni talab qilish tez-tez kuzatilmoqda. Jumladan, endi Fransiya Apple‘dan 2011-2013 yillar mobaynida to‘lanmay qolgan 400 million yevroni talab qilishni rejalashtirmoqda.

Fransiya soliq departamenti amerikalik gigantni daromadning katta qismini Apple‘ga xayrixoh davlatlardagi filiallari orqali mamlakatdan chiqarishda shubha qilmoqda, deb yozmoqda IXBT nashri. Apple Fransiyada 69 mln yevro daromadni soliq deklaratsiyasiga kiritganligi va qolgan foydani soliq stavkasi ancha kam bo‘lgan Irlandiyaga o‘tkazganligi bunga asosiy sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Shu bilan birga, tegishli organlar Apple‘ning Fransiyadagi 2013-2015 yillardagi faoliyatini ham jiddiy tekshirishga kirishganligi ma’lum qilingan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!