Meizu 15 smartfonlari ro‘yxatdan o‘tkazilganida ularning dizayni va jihatlari fosh bo‘ldi

  •   DiMaX
  •  1057
  •  27.03.2018 10:53

Meizu 15 smartfonlari ro‘yxatdan o‘tkazilganida ularning dizayni va jihatlari fosh bo‘ldi

Xitoy telekommunikatsialar agentligi – TENAA saytida hali taqdim etilmagan Meizu 15 turkumiga mansub smartfonlar ro‘yxatga olindi. Shu bilan birga, ularning tashqi qiyofasi ham to‘lig‘icha ma’lum bo‘ldi, deb yozadi Gizchina nashri.

O‘QING: Yetakchi smartfonsozlar uddalay olmagan texnologiyani Meizu qoyillatdi!

Ushbu kompaniya o‘zining 15 yilligiga bag‘ishlab uchta yubiley smartfonini taqdim etmoqchi. Bular – oddiy Meizu 15, ilg‘or 15 Pro va nisbatan hamyonbop 15 Lite modellaridir.

Romsiz va «o‘yiq»li ekran trendlariga ergashmasdan, Meizu bu smartfonlar ekranlarining tepasi va pastida kattagina romlar qoldirgan. Pastki romida joylashgan doirasimon «Uyga» tugmachasiga barmoq izi skaneri tatbiq etilgan va bu bilan ular iPhone’ga ham o‘xshab qolgan.

Oddiy Meizu 15 korpusining o‘lchamlari 143x72x7,25 millimetrga teng. Ekranining tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatda, o‘lchami esa diagonaliga 5,46 dyuymni tashkil etadi. Uning asosiy kamerasi qo‘sh modulli, akkumulyatorining sig‘imi bo‘lsa 2940 mA/soatga teng.

O‘QING: Meizu yoki Xiaomi: kimning smartfoni yaxshiroq?

Meizu 15 Pro (oldin 15 Plus deya taxmin qilingan) modeli esa undan kattaroq o‘lchamlarga ega: korpusi 153,8x78,25x7,25 millimetrlik, displeyi 5,95 dyuymlik. Tabiiyki, uning ham bosh kamerasi  ikkita ob’yektivli. Uning avtonomligini ta’minlashga 3420 mA/soat sig‘imli batareya mas’ul.

Nisbatan hamyonbop 15 Lite qurilmasi esa, xuddi oddiy Meizu 15 modelidagi singari 5,46 dyuymlik displeyga va unikidan kattaroq – 3000 mA/soat sig‘mli akkumulyatorga ega. «Aka»laridan farqli ravishda, uning asosiy kamerasi qo‘shaloq emas.

Meizu yubiley smartfonlarining taqdimot sanasi va narxlari hozircha aniq emas. Ammo mazkur kompaniya bulardan tashqari ham bir qator modellardagi smartfonlar ustida ishlayotgani ma’lum.

O‘QING: Meizu 15’dan tashqari, Meizu 16 turkumi flagmanlari ham tayyorlanyapti!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!