Meizu 15 yubiley flagmanlarini yangi «jonli» suratlarda ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  1035
  •  03.04.2018 12:28

Meizu 15 yubiley flagmanlarini yangi «jonli» suratlarda ko‘ramiz!

Xitoyning Meizu kompaniyasi o‘zining 15 yilligiga bag‘ishlab yangi smartfonlar turkumini taqdim etishni rejalashtirgan. Meizu 15, 15 Plus va 15 Lite deb nomlanuvchi ushbu modellar yaqinda TENAA saytida «ko‘rinish bergan» edi.

O‘QING: Meizu 15 smartfonlari ro‘yxatdan o‘tkazilganida ularning dizayni va jihatlari fosh bo‘ldi

Endi esa insayderlar bu smartfonlarning yangi «jonli» rasmlarini ham internetga chiqarib yuborishdi. Shuning evaziga xitoylik bu smartfonsozning yangi modellarini yaqindan tomosha qilish imkoniga ega bo‘ldik.

Ko‘rib turganingizdek, Meizu ko‘pchilik smartfonsozlarga ergashib, iPhone X modelidagi kabi «kemtik»li ekranga ega telefon yaratmagan. Hatto displeyning yuqori va pastida enligina romlari ham bor.

Yubiley smartfonining orqa paneli esa metalldan yasalgan va jilokor qoplamaga ega.

Old yuzadagi «Uyga» tugmachasi kichkina, shu bois unga barmoq izi skanerini joriy etishmagan bo‘lsa kerak. Aftidan, xuddi Meizu M6s modelidagi kabi, bu sensorni korpusning yon qirrasiga joylashtirishgandir.

O‘QING: Meizu 150 dollarlik M6S'ni taqdim qildi

Shuningdek, android.com saytida Meizu 15 turkumiga mansub uchala smartfonning ham ba’zi xususiyatlari paydo bo‘lgan. Faqat ularning protsessorlari va narxlari hozircha ma’lum qilinmagan:

Meizu o‘zining yubiley smartfonlarini shu oyning o‘zidayoq taqdim etishni rejalashtirgan. Shundan so‘ng Meizu 15 turkumiga mansub bu qurilmalar tez orada savdoga ham chiqarilishi mumkin. Ehtimol, o‘shanda ularni O‘zbekistonda ham xarid qilish imkoni bo‘lar.

O‘QING: Kuchli smartfon brendlari bilan rasman ishlaydigan do‘kon ochilishi kutilmoqda

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!