Nokia’ning noma’lum flagmani «jonli» suratlarda: romsiz ekran va uch modulli kamera!

  •   DiMaX
  •  928
  •  25.12.2018 13:25

Nokia’ning noma’lum flagmani «jonli» suratlarda: romsiz ekran va uch modulli kamera!

Afsonaviy brend ixlosmandlari 2019 yil boshida besh modulli bosh kameraga ega Nokia 9 PureView flagmanini taqdim etishini kutishmoqda. Ammo HMD Global undan tashqari yana bitta kuchli model tayyorlagani ma’lum bo‘ldi.

O‘QING: Nokia 8.1 ham taqdim etildi: Nokia X7’ning xuddi o‘zi, faqat NFC-chipli va... naq 60 foizga qimmat!

Sirli yangi Nokia smartfonining «jonli» rasmlari Weibo ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilindi. Ushbu gadjet «tirqish»siz va «kemtik»siz displeyga hamda uchta ob’yektivli asosiy kameraga ega.

Xitoydagi insayderlardan tarqalgan xabarlarga qaraganda, bu smartfon Snapdragon 845 protsessori bazasida ishlaydi. Qizig‘i shundaki, old yuzada selfi-kamera umuman ko‘rinmayapti – balki u, xuddi Vivo NEX modelidagi kabi, korpus ichidan chiquvchi blokka joylanar?

Noma’lum Nokia smartfonining shishadan ishlangan orqa panelida esa tikka joylashgan uch sensorli kamera mavjud. Yana bir jihati ahamiyatli – bu modelda kamera ostida ZEISS markirovkasi yo‘q, faqat fotochaqnoq hamda Nokia logotipi ko‘zga tashlanadi. Shuningdek, hech qayerda barmoq izi skaneri ham ko‘rinmaydi – bu datchikni ekranga joylagan bo‘lishlari mumkin.

O‘QING: Diqqat, Terashop.uz’ga Nokia X6 2018’ning yangi partiyasi keldi, shu va boshqa Nokia telefonlari narxlari bilan tanishing! (2018 yil 5 dekabr)