Samsung kutilmaganda Galaxy A8 va A8+ (2018) smartfonlarini taqdim etdi! (+video)

  •   DiMaX
  •  4456
  •  19.12.2017 13:39

Samsung kutilmaganda Galaxy A8 va A8+ (2018) smartfonlarini taqdim etdi! (+video)

Janubiy koreyalik gigant o‘zining Galaxy A8 hamda A8+ smartfonlarini 2018 yilning yanvarida bo‘lib o‘tadigan CES 2018 ko‘rgazmasida namoyish etishi kutilayotgan edi. Biroq Samsung kompaniyasi hatto yilning yakunlanishini ham kutib o‘tirmasdan, ularni bugunoq taqdim etdi!

Ehtimol, Samsung boshqa smartfonsozlar bilan kimo‘zarga bellashib, taqdimotni sal ertaroq amalga oshirgandir?

O‘QING: Xiaomi endi Apple va Samsung’ga zarba beryapti!

Xullasi kalom, namoyish etilgan har ikkala model ham qo‘shaloq old kameraga, tomonlari o‘zaro 18,5:9 nisbatda bo‘lgan Infinity (nihoyasiz) ekranga hamda amaldagi flagman – Galaxy S8 kabi dizaynga ega. Ularning mazkur flagmandan farqi – Galaxy S8’da barmoq izi skaneri asosiy kameraning yonida bo‘lsa, yangi qurilmalarda – uning ostiga joylashtirilgan. Yangi modellar Samsung’ning qo‘sh ob’yektivli old kameraga ega ilk smartfonlaridir.

Galaxy A8 hamda A8+ modellarining o‘zaro farqi esa korpus va ekranning o‘lchamlarida, vaznida, akkumulyator sig‘imida va tezkor xotirasining hajmidadir.

Keling, avval ularni videolavhada tomosha qilaylik-da, keyin xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz:

O‘QING: Eksklyuziv: Galaxy S9 taqdimot kuni ma’lum, yangi videosini tomosha qiling!

Galaxy A8 (2018) smartfonining texnik xususiyatlari:

  • Ekran: 5,6 dyuymli, 2220×1080 pikselli, Super AMOLED matritsasi;
  • Protsessor: Exynos, 8 yadroli;
  • Xotira: 4 GB tezkor, 32 yoki 64 GB doimiy xotira + 256 GBgacha microSD qo‘yish mumkin;
  • Akkumulyator: 3000 mA/soat;
  • Kamera: asosiy – 16 Mp, old kamera – 16+8 Mp;
  • Operatsion tizim: Android 7.1.1;
  • Korpus: metall va shisha, IP68 standartida himoyalangan;
  • Qo‘shimcha: barmoq izi skaneri, NFC;
  • O‘lchamlari: 149,2×70,6×8,4 mm;
  • Vazni: 172 g.

Galaxy A8+ (2018) smartfonining texnik xususiyatlari:

  • Ekran: 6 dyuymli, 2220×1080 pikselli, Super AMOLED matritsasi;
  • Protsessor: Exynos, 8 yadroli;
  • Xotira: 6 GB tezkor, 32 yoki 64 GB doimiy xotira + 256 GBgacha microSD qo‘yish mumkin;
  • Akkumulyator: 3500 mA/soat;
  • Kamera: asosiy – 16 Mp, old kamera – 16+8 Mp;
  • Operatsion tizim: Android 7.1.1;
  • Korpus: metall va shisha, IP68 standartida himoyalangan;
  • Qo‘shimcha: barmoq izi skaneri, NFC;
  • O‘lchamlari: 159,9×75,7×8,3 mm;
  • Vazni: 191 g.

«Salkam flagman» deya ta’riflanayotgan bu smartfonlar qora, kul rang, tillarang va moviy korpuslarda taqdim etiladi. Ularning savdosi 2018 yilning yanvarida boshlanishi aytilmoqda. Ammo narxi borasida hozircha rasmiy ma’lumot berilmagan. Ayrim norasmiy xabarlarga ko‘ra, Galaxy A8 (2018) modeli 499 yevro, Galaxy A8+ (2018) modeli esa 599 yevroga narxlanishi aytilgan.

O‘QING: Samsung Galaxy S10 qanday bo‘ladi?