Turkiyada Uber faoliyatiga chek qo‘yildi: mahalliy haydovchilar manfaati birinchi o‘rinda

  •   Saroy
  •  874
  •  04.06.2018 17:10

Turkiyada Uber faoliyatiga chek qo‘yildi: mahalliy haydovchilar manfaati birinchi o‘rinda

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an mamlakat hududida   Uber taksi chaqiruv xizmati faoliyati to‘xtatilganini e’lon qildi. «Uber masalasi yopildi. Bizning o‘z taksi tizimimiz bor, biz shaxsiy taksi tizimi turk taksichilarining biznesini barbod qilishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz», — dedi Turkiya davlat rahbari.

O‘QING: Yilning eng innovatsion kompaniyalari e’lon qilindi

Uber Turkiyaga 2014 yilda kirib kelgandi, 2018 yilga kelib tizimda 5000 tagacha haydovchi ishlagan. O‘shandan buyon kompaniya faoliyatini an’anaviy taksi haydovchilari tanqid qilib kelishadi. Haydovchilar nosog‘lom raqobatdan shikoyat qilib, Uber’da litsenziyasi yo‘q taksichilar ishlashini ta’kidlashgan. Bunday sharoitda litsenziya olib ishlayotgan taksichilar ziyon ko‘rib ishlashga to‘g‘ri kelgan. Ammo, Uber shundog‘am, Turkiyada katta muvaffaqiyatga erishganicha yo‘q, chunki mahalliy aholi odatlarini buzishni istamay, an’anaviy taksilarni ma’qul ko‘rishardi.

O‘QING: Tesla, Uber va PepsiCo rahbarlari AQSh prezidenti maslahatchilari etib tayinlandi

Bundan avvalroq, Uber xizmati Bolgariya, Daniya va Vengriyada ta’qiqlangan edi,  Fransiya, Italiya, Germaniya, Yaponiya va Tayvanda mazkur xizmat cheklangan rejimda faoliyat olib boradi.

O‘QING: Uber bir chorakda 800 mln dollar zarar ko‘rdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!