O‘g‘rilar guruhi Apple’ni 2-marotaba chuv tushirdi

O‘g‘rilar guruhi Apple’ni 2-marotaba chuv tushirdi

Ayni paytda Apple’ning dunyo miqyosidagi 130 ta rasmiy do‘konlari xaridorlarni jahonning eng ilg‘or gadjetlari bilan tanishtirmoqda. Apple kompaniyasining chakana savdo bilan shug‘ullanadigan do‘konlari har kimning diqqatini o‘ziga tortadi. Uning yonidan o‘tayotgan har kim, jumladan, o‘g‘rilar ham bu “xazinalar oroli”ga bosh suqqisi keladi.

Kaliforniyadagi The Village savdo markazida joylashgan Apple Store do‘koni bilan yuz bergan voqealar bu fikrni tasdiqlaydi. Boisi, so‘nggi 6 oyda bu do‘kon 2 marotaba mohir yulg‘ichlarning “qurboni” bo‘ldi.

2016 yilning noyabrida do‘konga hujum qilgan o‘g‘rilar bu yerdan kompaniyaning 40 ming dollarlik mahsulotlarini olib chiqishga muvaffaq bo‘lganlar. Shundan so‘ng kompaniya do‘konlarida mustahkam himoya choralarini ko‘rgan. Biroq, bu ish bermadi va bu yerda yaqinda ro‘y bergan navbatdagi o‘g‘irlikda ham tovlamachilar maqsadlariga yetishgan.

Apple Store do‘koniga kechki 8 da kirgan 5 nafar talonchi 17 ta iPhone, 3 ta iPad hamda 2 ta Mac kompyuterini, jami 24 ming dollarlik elektron vositalarini o‘marib ketishgan. Qo‘riqlash xizmati o‘g‘rilarni payqagan bo‘lsa ham, qo‘lga tushira olmagan. Mohir o‘g‘rilar do‘kondan izsiz g‘oyib bo‘lishgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.