Vivo X23: navbatdagi mo‘’jizaviy flagman rasmiy «jonli» video va suratda
Vivo kompaniyasi yaqin orada o‘zining X23 flagmanini rasman namoyish etmoqchi. Ammo ishlab chiqaruvchi uni taqdimotidan avval rasman sotuvga ham qo‘ygan.
Vivo X23 modelining rekord darajada – 10 gigabaytlik tezkor xotiraga ega bo‘lishi haqida mish-mishlar tarqalgandi. Ammo kuni kecha chiqqan quyidagi rasmiy tizer bu ma’lumotni inkor qildi:
Bugun esa xitoylik mashhur model Lyu Ven (Liu Wen) o‘zining Weibo-akkauntida Vivo X23 flagmaniga bag‘ishlab tayyorlangan rasmiy videoni ham e’lon qildi.
Guvohi bo‘lganingizdek, rolikda smartfonning asosiy jihatlari, jumladan, «V» shaklidagi – «tomchisimon» o‘yiq ham, juft modulli bosh kamera ham namoyish etilgan. Barmoq izi skanerining skanerga joylanganligi bu videoda aks etmagan bo‘lsa-da, korpusning orqa panelida ham daktiloskopik datchik ko‘rinmaydi.