Xiaomi naq 170 mamlakat tillarini biladigan cho‘ntak tarjimonini taqdim etdi

  •   DiMaX
  •  1203
  •  25.11.2019 10:02

Xiaomi naq 170 mamlakat tillarini biladigan cho‘ntak tarjimonini taqdim etdi

Tarjima servislari, ularning turli operatsion tizimlarga mo‘ljallangan ilovalari va veb-versiyalari ko‘p. Shuningdek, alohida gadjet sifatida chiqarilgan tarjimonlar ham bor va shular qatoriga yana bitta yangisi qo‘shildi.

O‘QING: Til o‘rganish uchun eng yaxshi 7 bepul ilova

«Xitoycha Apple» o‘zining cho‘ntak tarjimoni – Xiaomi Mijia Translation Machine devaysini namoyish etdi. Bu – tashqi ko‘rinishi eski rusumlardagi smartfonga o‘xshash gadjetdir. Tarjimonning diagonaliga 4,1 dyuymlik displeyi 1280x720 piksellik aniqlikda bo‘lib, qalin romi bor.

Qurilmaning oltita mikrofoni bor va ular orqali ovozni eshitib, sinxron tarjimani amalga oshiradi. Bundan tashqari, tayyor matnlarni yoki hatto rasmlardagi yozuvlarni ham o‘qib olib o‘giradi – buning uchun 8 megapiksellik kamera bilan jihozlangan. Tarjima qilingan matnni elektron pochtaga jo‘natish funksiyasi ham bor.

O‘QING: Google imo-ishora tilini og‘zaki nutqqa aylantirish imkonini yaratdi

Xiaomi Mijia Translation Machine tarjima qilish uchun internetdan foydalanadi. Tarmoqqa ulanish uchun esa unda oddiy SIM-karta hamda eSIM, shuningdek, Wi-Fi moduli ham mavjud.

Ushbu devays 1 GB tezkor va 8 GB ichki xotira, USB-C porti hamda 3000 mA/soatlik akkumulyator bilan ta’minlangan. Uning bitta to‘liq quvvati kutish rejimida 19 kunga, tarjima rejimida esa 5 soatga yetarli bo‘ladi.

Xiaomi cho‘ntak tarjimoni jami 18 ta tilni biladi, biroq shu ro‘yxatdagi tillar naq 170 mamlakatda amal qiladi. Kompaniya uni 185 dollardan taklif etyapti.

 O‘QING: Yandex o‘zbekcha klaviaturani ishga tushirdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!