1-chorak yakunlari: Samsung ushbu bozorda yetakchi

1-chorak yakunlari: Samsung ushbu bozorda yetakchi

Samsung displeylari OLED biznesi olamida hali ham yetakchilik qilmoqda. Bu haqida ETNews xabar bermoqda.

Stone Partners o‘tkazgan so‘nggi bozor tahliliga ko‘ra, koreyalik ishlab chiqaruvchi 2020 yilning birinchi choragida butun dunyodagi OLED panellarining jami 90% ini ishlab chiqargan. Ammo o‘tgan yilning mos davriga nisbatan bu biroz pasayish hisoblanadi — 2019 yilning 1-choragida chiqarilgan OLED panellarning 94.1% ini Samsung hissasiga to‘g‘ri kelgan edi.

Aniq raqamlarga to‘xtalsak, global miqyosda ishlab chiqarilgan 68.3 million OLED panellarning 61.6 milliontasi Samsung zavodlaridan chiqqan. Ikkinchi o‘rinda esa EverDisplay Optonics kompaniyasi turibdi. Uning bozordagi ulushi 4.9%. Ishlab chiqargan panellari soni — 3.3 million.

Sanoat vakilining so‘zlariga ko‘ra, xitoylik ishlab chiqaruvchilar yetkazib berayotgan qattiq OLED panellar soni esa juda kam.

Hozirda quyi va o‘rta toifa smartfonlarining ham OLED panellari bilan jihozlanayotganini hisobga olgan holda mutaxassislarning bashorat qilishicha, Samsung'ning ushbu bozordagi yetakchiligi kelajakda ortib boradi.

O‘QING: Samsung'chilarga ikkita xabar bor: biri yaxshi, biri yomon. Qaysi biridan boshlaylik?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!