1 kg oltinga ega iPhone 12 Pro va Galaxy S21 Ultra'lar chiqdi!

1 kg oltinga ega iPhone 12 Pro va Galaxy S21 Ultra'lar chiqdi!

Aytaylik, 159 ming dollar pulingiz bor va bu pulga oltin sotib olmoqchisiz. Ammo oltin yombilari 5G aloqasiga yoki 5 nm chiplarga ega emas. To‘g‘rimi? Adashasiz, endi oltin ham yuqoridagi jihatlarga ega. Chunki Caviar o‘zining Goldphone smartfonlarini chiqardi.

O‘QING: Qoraqalpog‘istonlik onaxonga o‘g‘li oltin iPhone X hadya etdi (+video)

Goldphone'larning biri Apple iPhone 12 Pro asosida tayyorlangan bo‘lsa, ikkinchisi Samsung Galaxy S21 Ultra smartfoni asosiga qurilgan. Har ikkala qurilma bir xil miqdorda oltinga ega, lekin Galaxy biroz qimmatroq — 169,000 dollar. Har ikki smartfon faqat yetti nusxada chiqarilgan.

...

Smartfonlar ustini 24 karatli 1,000 gramm oltin qoplab turadi. Haqiqiy oltin yombisini yuqorida narxning 1/3 iga sotib olsangiz bo‘ladi, lekin u oltin HDR OLED displeyga ega bo‘lmaydi-da!

...

Agar Goldphone sotib olsangiz, smartfonni oddiy silikon g‘ilofda olib yurmaysiz. Caviar «hashamdor oq seyf-g‘ilof» tayyorlagan. Bu seyf-g‘ilofni sotib olsangiz, maxsus kurer uni dunyoning istalgan nuqtasidagi uyingizga shaxsan yetkazib beradi.

Qurilmalar haqida batafsil ma’lumotni kompaniyaning rasmiy sahifasidan topish mumkin.

O‘QING: Kupertinoliklardan oldin rossiyaliklar iPhone 12 Pro Apple 1 Edition smartfonini taqdim etishdi! (+video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!